I TUR
I TUR
II TUR
II TUR
1

1. Kompyuterning “miyasi” deb qaraluvchi bu qurilma dastlab 1971-yilda Intel kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Hozirgi zamonaviy ular soniyasiga milliardlab amallarni bajaradi.

Savol: Kompyuterning “miyasi” deb qaraluvchi bu qurilmani yozib bering.

  • Javob: Protsessor.
  • Izoh: Intel kompaniyasi tomonidan yaratilgan Protsessor 4004 deb nomlangan.
1

6. Bir biolog olim, asalarilarning nish urishidan so‘ng halok bo‘lishi haqida gapira turib, ushbu yaponcha so‘zni eslab o‘tadi. Ushbu yaponcha so‘z tarjima qilinganda “ilohiy shamol” ma’nosini beradi.

Savol: Ushbu so‘zni yozib bering.

Javob: Kamikadze.

Izoh: Kamikadze dushmanga talafot yetkazish maqsadida o‘zini qurbon qiluvchilardir.

1

11. Bu o‘yinning turlaridan birida jarayon oddiy kimyoviy elementdan boshlanib, eng qiyinigacha davom etadi. O‘yindagi har siljishda 90% holatda 2 ni koʻrish mumkin.

Savol: Qaysi o‘yin?

Javob: 2048.

1

16. 2014-yil UNING yaratilganining qirq yilligi munosabati bilan mozaikadan yig‘ishgan. Grigoriy Perelman maktab olimpiadasida g‘olib bo‘lgani uchun UNI sovg‘a sifatida olgan.

Savol: U nima?

Javob: Kubik Rubik.                Qabul: Rubik kubi.

1

2. spaniyada Uning tugab qolishi ishga bormaslik uchun sabab bo‘la olar ekan. Undagi asosiy moddalar tozalash hamda oqartirish uchun xizmat qilishadi.

  • Savol: U nima?
  • Javob: Tish pastasi.
1

7. Uilyam Shekspirning “Otello” asarida Dezdemonadagi ULAR aybsizlikning va sof muhabbatning ramzi deya ta’riflangan. Uning tarkibi oqsillar, yog‘lar, tuzlar va hatto antimikrob moddalardan iborat bo‘lar ekan.

Savol: U nima?

Javob: Ko‘z yoshi.

1

12. Yosh tennischi Karloz Alkaras “Katta dubulg‘a” bahslarida birinchi marta qatnashganida bergan intervyusida “Muhimi U emas, muhimi g‘alabaga maksimal harakat” deydi.

Savol: U nima?

Javob: Ishtirok.

Izoh: Mashhur “Muhimi g‘alaba emas, muhimi ishtirok” jumlasining teskarisini ta’kidlaydi.

1

17. Madlen pechenyesi bu insonning yoshlikdagi xotiralarini eslatib yuboradigan narsa sifatida qaraladi. 2007-yilgi multfilmda Madlen pecheniyasining o‘rnida boshqa taom qo‘llanilgan.

Savol: Qaysi taom?

Javob: Ratatuy.

Izoh: Antuan Ego ham ratatuy taomini yeb yoshlikdagi xotiralarini eslaydi.

1

3. Bu barchaga yoquvchi so‘z Bogemiyadagi kumush qazib olish shaxtasi bo‘lmish Ioximshtaler nomidan kelib chiqqan bo‘lib, “taler” so‘zining o‘zgarishi natijasida paydo bo‘lgan.

  • Savol: Bu qaysi so‘z?
  • Javob: Dollar.
  • Izoh: “Dollar” so‘zi “taler” (thaler) so‘zidan kelib chiqqan, bu so‘z o‘z navbatida ioximshtaler (Joachimshthaler) so‘zidan kelib chiqgan. Ioximshtaler esa - Bogemiyadagi kumush qazib olish shaxtasining nomi hisoblanadi.
1

8. 19-asrda Yevropada xalqaro yordam ramzi sifatida Qizil Xoch tashkiloti tuzilgan edi. Ammo musulmon mamlakatlari xoch ramzini o‘zlariga begona deb bilishgani uchun 1876-yilda Usmoniylar imperiyasi xoch belgisi o‘rniga Uning tasviridan foydalangan. Qadimgi musulmonlar taqvimini tuzish va shakllantirishda UNING ahamiyati katta bo‘lgan.

Savol: U nima?

Javob: Oy (hilol).

1

13. Angliyadagi bir noodatiy sug‘urta turida barcha mijozlar bir xil to‘lov qilishadi. Lekin, sug‘urta puliga eng uzoq umr ko‘rgan omadli mijozgina ega chiqadi. Ushbu sug‘urta turi nomida italyancha so‘zni ko‘rish mumkin.

Savol: Shu italyancha so‘zni yozib bering.

Javob: Lotereya

1

18. 2011-yilda HP [eych pi] kampaniyasi bir personajga atab printer ishlab chiqaradi va  printerga “Omon qolgan printer” degan yozuv va chaqmoq belgisini  qo‘yadi.

Savol: Qaysi personaj?

Javob: Garri Potter.

Izoh: Inglizchada Harry Potterning bosh harflari ham HP ni hosil qiladi.

1

4. Bu so‘z italyanchadan “yangramoq” ma’nosini bildiruvchi musiqiy janr nomi. Bizga tanish bir serialda esa bu so‘z qish fasli bilan bog‘liq.

  • Savol: Bu qaysi so‘z?
  • Javob: Sonata.
1

9. Bir komiksda Axillesning o‘limiga U sabab bo‘ladi. Daniyadagi  restoranlardan biri Ularning ko‘rinishida qurilgan.

Savol: Uni yozib bering.

Javob: Lego.

Izoh: Axillesning nozik joyi tovoni hisoblanadi. Komiksda Axilles Lego o‘yinchog‘ini bosib oladi. Legoning vatani Daniya.

1

14. Afrika xalqlarida ushbu jonzotlar tiriklik, mehnatsevarlik va jamoaviy ruh ramzi hisoblanadi. 2014-yilda kosmosdagi mikrogravitatsiya hodisasi tajribalari jarayonida ushbu jonzotlar hatto kosmosga uchirilgan.

Savol: Qaysi jonzotlar?

Javob: Chumolilar.

1

19. U yerda ishlovchi maxsus shifokorlar guruhi tog‘ kasalliklari, kislorod yetishmovchiligi, qor ko‘chkilaridan paydo bo‘ladigan sovuq harorat jarohatlarini davolashadi. 1953-yilda Edmund Hillari ilk bor U yerga qadam qo‘ygan.

Savol: Qayer ekanligini aniq yozib bering.

Javob: Everest cho‘qqisi.

Izoh: Everest tog‘ida maxsus shifokorlar guruhi ishlaydi va ular sayyohlar va alpinistlarga xizmat ko‘rsatadi.

1

5. Bu sport qadimgi Malayyada vujudga kelgan, keyinchalik Osiyodagi boshqa mamlakatlarga tarqalgan. Bu sport turining professional buyumlari uchun albatta tabiiy qush patlari kerak bo‘ladi.

  • Savol: Bu qaysi sport turi?
  • Javob: Badminton.
1

10. Qadimgi misrliklar ushbu buyumni tayyorlashda bronza va turli qimmatbaho va shaffof metallardan foydalanishgan. Ba’zi xalqlar urf-odatlarida USHBU BUYUM kelajakni ko‘rish va ruhlar bilan aloqa o‘rnatish vositasi deb ishonilgan.

Savol: Bu qaysi buyum?

Javob: Ko‘zgu

1

15. 1953-yil suratga olingan “Piter Pen” multfilmi qahramoni Vendi Piter Pendagi IKS qochib ketmasligi uchun IKSni tikib qo‘yadi. Asqad Muxtor she’rlaridan birida, o‘rik IKS bilan do‘st tutingani uchun bulutli kunda afsuslanadi.

Savol: IKS o‘rnidagi so‘zni yozib bering.

Javob: Soya.

Izoh: Multfilmda Piter Pendan soyasi qochib ketmasligi uchun multfilm qahramoni Vendi soyani Piter Penga tikib qo‘yadi. Asqad Muxtor she’rida o‘z soyasi bilan do‘stlashgan o‘rik, bulutli kunda do‘stisiz yolg‘iz qoladi.

1

20. Bir hazil suratda internet ishlamagan paytda o‘ynaluvchi Googledagi Dino o‘yini qahramoni bo‘lgan dinozavrlar tomon meteorit kelmoqda deya sarosima bo‘ladi. Meteoritda esa Uning belgisini ko‘rish mumkin.

Savol: U o‘rnidagi abbreviaturani yozib bering.

Javob: Wi-fi.

Izoh: Wi-fi ishlagach albatta dino o‘yinini ko‘pchilik o‘ynamaydi.