a
b
c
d
100

Yana bir gruzin milliy taomi bor. Uni butun dunyoda sevib iste’mol qilishadi, shu jumladan, bizda ham. Bu taom gruzinlarniki ekanligini ko’pchilik bilmaydi, biz ham bilmaymiz. Faqat uning nomida bizdagi nomi bilan gruzinlardagi nomida bir harf o’zgargan xolos. ⁉️Diqqat savol: Bu qaysi taom? 

Tabaka

100

Gruzinlarning eng mashhur taomlaridan bittasi - xachapuri. Uning uchun asosan, un, tuxum, sariyog’ va yana nimadir qo’shiladi. ⁉️Diqqat savol: Yana nima qo’shiladi? 

Pishloq

100

Mariy xalq iborasini tinglang: agar birinchi joyda mehmon bo’lsang, stolga yaqinroq o’tir. Agar ikkinchi joyda mehmon bo’lsang, eshikka yaqinroq o’tir. Diqqat savol:  birinchi va ikkinchi joy qayerligini toping. 

O’g’lingning uyiga borsang, stolga yaqinroq o’tir, chunki u o’zingniki. 

Qizingning uyiga borsang, eshik yonida o’tir, chunki u o’zingniki emas. 

100

Yaponlarning eng sevimli sho’rvasi nomi - miso, fransuzlarniki - buyabes, ukrainlarniki - borsh, gaspacho - ispanlarniki. ⁉️Diqqat savol: Xarcho qaysi millatning milliy taomi? 

Gruzinlarning taomi

200

Hayotimizda shunday bir so’z uchraydiki, uning ma’nosini tushunmasdan ishlataveramiz. Bu so’z juda extirosga berilganimizda, o’ta hayajonga tushganimizda bexosdan izhor qilinadi. Chunki, u so’z asli “jahannamning eng tubi” degan ma’noni bildiradi. ⁉️Diqqat savol: U qaysi so’z?

Dahshat

200

Sulton Sulaymon davrida Sinan degan kuchli me’mor bolgan. U “Sulaymoniya” masjidini qurib tugatgach, mehrobga chiqib chilim chekayotgani haqida sultonga xabar yetkazishadi. Uni sulton oldiga oldiga olib borishadi, nega bu ish qilgani so’raladi va o’z qilgan ishini izohlaydi. Vaziyatni tushuntirgach, sulton uni tushunadi.  ⁉️Diqqat savol: Me’mor nega chilim chekkan?

Me’mor Sinon haqiqiy emas, suv bilan chilim chekkan. Chilim chekkanda g’uldiragan ovoz chiqadi, u shu orqali o’zi qurgan bino akustikasini tekshirmoqchi bo’lgan.  

200

XX asr boshlarida jadidlar juda faol bo’lishgan. Xalqqa o’z fikrlarini A orqali emas B orqali ta'kidlamoqchi bo’lishgan. Shundan ular B ga ko’p e’tibor berishgan. ⁉️Diqqat savol: A va B ni izohi bilan ayting. 

A - matbuot

B - teatr

200

Marsel Brionning “Men kim, Sohibqiron” asarida shimoliy davlatlarga yurishi paytida otliqlarga aravalarda eskiroq bo’lsa-da, ko’pgina namat olib yurishga buyurilgan. ⁉️Diqqat savol: Otliqlarga namat, kigiz nima uchun kerak?

Shimolda uzoq vaqt daryolar muzlaydi, mus ustida yurolmaydi. Otliqlar daryo ustiga namat to’shab, keyin otlarni olib o’tishgan.

300

Hind aktyori va rejissyori Raj Kapur 1976-yili ommaviy axborot vositalarida chiqish qilib, “Men yuragimdan ayrildim, quruq tanam qoldi, endi men kinoda o‘ynamayman” – deydi. Diqqat savol: Uning bunday bayonot berishiga qanday voqea sabab bo‘lgan?  

Raj Kapurning doimo aytgan bir iborasi bo‘lgan: “Men bor yo‘g‘i Raj Kapurning tanasiman xolos, Raj Kapurning yuragi Mukeshdir” – deyilgan. 1976-yilda hind qo‘shiqchisi Mukesh vafot etadi. Raj Kapurning filmlardagi barcha xit qo‘shiqlarini Mukesh aytgan.

300

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Ijtimoiy odoblar” kitobida o’zbek mehmondorchilik odoblari haqida yozilgan. Masalan, mehmonga borganda uy egasi ko’rsatgan joyda o’tirish, tortilgan taomlarni maqtab, ishtaha bilan yegandek bo’lish. Mehmon mezbon tashqariga chiqqanda o’rnidan turmasligi haqida ham ma’lumot berilgan. Faqat bir holatda o’tirgan joyidan turib xonada yurishlari mumkin bo’lar ekan. ⁉️Diqqat savol: Bunday holatda mehmonga xona ichida odobsizlik qilish uchun nima ishga ruxsat berilgan? 

 Agarda xonada kitob bo’lsa, o’sha kitobni ko’rish, varaqlash, o’qib ko’rish uchun o’rnidan turishga ruxsat beriladi.

300

Hans Kristian Andersen o’limidan biroz oldin tanish bastakoriga o’zining dafn marosimi uchun maxsus musiqa buyurtma qiladi. Musiqa tayyor bo’lgach, eshitib ko’rib: “Juda og’ir ekan, biroz yengillashtiring, ritmini sal tezroq qiling” - degan taklifni beradi. ⁉️Diqqat savol: Nega ritmini o’zgartirish unga kerak bo’ladi? 

Chunki, Hans Kristian Andersenni asosan, bolalar yaxshi ko’rgan va dafn marosimida yosh bolalar ishtirok etishi ko’zda tutilgan. Ularning qadamiga mos tushishi uchun ritmni tezlashtirishga buyurtma bergan

300

Mobil telefonlar bo’lmagan paytlari ko’chalardagi telefon budkalari juda ommabop bo’lgan. Bir marta pul to’lab soatlab gaplashish mumkin bo’lgan. Tashqarida odamlar navbat kutib o’tiraverishgan. Avstraliyadagi telefon kompaniyalaridan biri tirbandlikni kamaytirish maqsadida bir hiyla o’ylab topadi.Diqqat savol: kompaniya bunga qanday erishganini toping. 

Telefon trubkasini og’irlashtirib qo’yishgan va gaplashayotgan odam charchab qolgan.

400

 Mashhur o’zbek shifokori Qutbiddin Nizomovning eslashicha, bir kuni unga mashhur mijozi telefon qilib, “Fenobarbital dorisidan 10 tasini ichsa, odam o’ladimi“, deb so’raydi. Shifokor ”Nega?“ deb so’raydi. Mijozi nega bu savolni berganini tushuntirib, uni tinchlantiradi.⁉️Diqqat savol: Aniq ayting, ushbu mijoz kim edi?

adib shifokorga bu savolni berish orqali o‘zining eng yirik asari - "Ikki eshik orasi" romanidagi Munavvarning o‘limi haqqoniy chiqishini ta'minlagan. To‘g‘ri javob - O‘tkir Hoshimov edi.

400

Baliqchilar haqidagi ko’rsatuvda Norvegiyadagi bir firma baliqchilar uchun ataylab kichkinagina gugurt qutilari ishlab chiqarayotgani ma’lumot tariqasida berilgan. Albatta, olov yoqish uchun va yana bir sabab tufayli.⁉️Diqqat savol: Baliqchilar nega bu mitti qutilarni ovga olib ketadi? 

Baliqchilar turli hajmdagi baliqlarni ovlashgan. U o’zining o’ljasi qanchalik kattaligini ko’rsatish uchun gugurt qutisi yonida rasmga tushishgan.  

400

Marhum shoira Tursunoy Sodiqova bir maqolalarida ayrim xudobexabar ayollarga qarata shunday yozadilar: Bu qiliqning otini nima deb atashni ham bilmayman. Bu kundoshlik bilan teng narsa. Aziz ayollar, bu sharmandalikdan o’zingizni ehtiyot qiling. Ayol sha’niga yaxshi ish emas bu.   Diqqat savol: Shoira uydagi, xonadondagi qanday yomon, ta’riflab bo’lmaydigan illat haqida yozgan? 

Qaynonaning o’z o’g’lini kelindan qizg’anishi.

400

IX asr birinchi yarmi, Angliya. Aynan shu vaqtga kelib ayollar uchun keng yubkalar urfga kiradi. Shu vaqtda ingliz xonadonlarida yana bir yangilik paydo bo’ladiki, buning natijasida ayollar orasida, uy bekalari orasida bevaqt o’limlar sodir bo’la boshladi. ⁉️Diqqat savol: Yana qanday yangilik ingliz xonadonlariga kirib keldiki, keng yubka kiygan ayollar bilan salbiy holatlar sodir bo’la boshlagan? 

Ayollar keng yubkalarni krinolin degan matodan tikishgan. Bu mato yengil tez yonuvchan mato bo’lgan. Ikkinchi urf bo’lgan narsa - sham edi.

500

Misr adibi Yusuf Siboiy “Men ketyapman” degan asarida roman qahramoni Oida ismli qiz tilidan bir g‘aroyib o‘xshatish qilgan. Asar qahramoni aytadi: “meni o‘ldirdilar, sevmaganimga berib, bo‘g‘ib o‘ldirdilar. Hammaning bo‘yinidan bo‘g‘ib o‘ldirsalar, meni tanamning shu joyidan bo‘g‘ib o‘ldirdilar” – deydi. Diqqat savol: Uni qaysi tana a’zosidan bo‘g‘ib o‘ldirishgan?

U bu gapni nikoh payti kuyov uning barmog‘iga uzuk taqqan paytida aytgan. Hammani bo‘ynidan bo‘g‘ishsa, meni barmog‘imdan bo‘g‘ib o‘ldirdilar deydi.

500

Ilgarilari turklarda sovchilik bilan bog‘liq g‘aroyib udumlar bo‘lgan. Sovchilar kelinni ko‘p sohada sinab ko‘rishgan. Avval Qur’on kitobidan tekshiruv bo‘lgan. Keyin oshxonadagi harakatlarini kuzatishgan. Oxiri sog‘ligini tekshirishgan. Buning uchun keng bir uyga kirib sandiqchadagi orqali kelinning oyoq olishini va ko‘zida kamchilik bor-yo‘qligini tekshirishgan. U nima

Ilgari turklar sovchilikka borganda gilam ustida ipni uzun qilib yozib, kelinni ustidan yurgizishgan. Bu bilan uning oyog‘i maymoqmasligini va ko‘zi yaxshi ko‘rish-ko‘rmasligini bilib olishgan.

500

rkadiy Averchenkoda bir qissa bor. Unda shunday misralar bor: daryolar oqishi, magnit kuchi, elektr toki, radioto’lqinlar. Bular sizga yaxshi tanish bo’lgan kuchlar. Lekin inson aqlining mahsuli bo’lgan yana bir shunday kuch borki, u barcha tabiat kuchlaridan ustun turadi. Yuqorida tilga olingan tabiat kuchlaridan hech qaysisi u kabi vayron qila olmaydi, kulini ko’kka sovurmaydi.  ⁉️Diqqat savol: Inson tafakkuri mahsuli bo’lgan u qanday kuch? 

Arkadiy Averchenkoda xuddi shu nomdagi qissa bor. Asarning dastlabki bobida qissa nega shunday nomlanganligi haqida izoh bera turib, u shu ta’rifni bergan. Bu ta’rifning ham, qissaning ham nomi - “Yolg’on”

500

Nemis yozuvchisi Villi Maynkning “Marko Poloning g’aroyib sarguzashtlari” asarida Lop sahrosidan o’tayotganlarida keksa tajribali karvonboshilar har bir uloqning bo’yniga qo’ng’iroqcha osib qo’yishni buyurishi aytiladi. Yo’lovchilar bu taraqa-turuq nega kerak deb so’rashganda, uning vazifasini tushuntirib beradi. ⁉️Diqqat savol: Nega ulovlar bo’yniga qo’ng’iroqchalar ilishgan

Karvonboshilar bu ishni sarobga to’la sahroga kishini xushyor tortib turish uchun qilishadi. Sarob odatda xayol chalg’iganda paydo bo’ladi, yo’qsa, yo’ldan adashib qolish mumkin.