Qaysi qush bahor elchisi hisoblanadi?
Qaldirg`och
Navro`zning tansiq taomi?
Sumalak
Milliy kiyimlarni qaysi bayramda kiyamiz?
Navro`z
Qaysi kuni Xotira maydoniga boramiz?
9-may
Bahor faslida kun bilan tun tenglashadigan kun?
21-mart
Ko`katlar solib pishiriladigan taomlarga misollar keltiring?
Ko`k somsa, ko`k chuchvara
Buvimiz va onalarimizni qaysi bayramda tabriklaymiz?
8-mart
Qaysi bayramda ustozlarni tabriklab, ular sha'niga qo'shiqlar aytamiz?
1-oktabr
Navro`z so`zining ma’nosi?
Yangi kun
Bahorda birinchi gullaydigan daraxt?
Bodom
Biz oilamiz bilan qaysi bayramni nishonlaymiz?
"Yangi yil" bayrami
1-sentabr qanday kun?
Mustaqillik kuni
Milliy sport turi qaysi
Kurash, uloq
Navro`z bayramida kimlarning holidan xabar olinadi?
Yoshi ulug`lar, keksalar holidan xabar olinadi
Hasharda qanday ishlar bajariladi?
Ko`chalar, uy atroflari tozalanadi, daraxtlar oqlanadi, ko`chatlar o`tqaziladi
Bahor faslidan darak beruvchi gul?
Boychechak
Navro`z bayrami qayerlarda nishonlanadi?
Mamlakatimiz bo`ylab hamma joylarda
8-dekabr qanday bayram
Konstitutsiya kuni
Fasllar kelinchagi deb ataluvchi fasl?
Bahor
Navro'zda bolalar qanday milliy o'yinlarni o'ynaydi?
Varrak uchirish, arqon tortish, kurash tushish, chillak, arg`imchoq uchish