A
B
C
D
E
100

Aleksandr Dyumaning bu romani oʻzining muvaffaqiyati boʻyicha yozuvchining avvalgi barcha asarlarini ortda qoldirdi. Romandan tushgan daromad yozuvchiga qoʻshimcha ravishda qishloq villasini qurishgaimkon berdi. Yozuvchi hashamatli saroyga aynan roman nomini berdi va oʻz qahramoniga munosib ravishda dabdabali hayot kechira boshladi. Savol: Romandagi qahramon nomini yozib bering.

Graf Monte-Kristo

100

1991-yil suratga olingan “Abdullajon” badiiy filmida Rais buvaga tegishli bo‘lgan ketmon SHUNDAY edi. Tuyaqushlar, kivilar va pingvinlar ham SHUNDAY. Savol: SHUNDAY so‘zi o‘rnidagi so‘zni yozib bering.

Uchmaydigan.

100

Janluidji Donnarummaning xeyterlarining fikricha Donnarumma uchun futbol emas balki PUL birinchi o‘rinda. O‘yinlardan birida xeyterlar Donnarummaning familiyasidagi bir harfni o‘zgartirgan holda uni bannerlarda aks ettirishgan. Savol: O‘zgartirilgan familiyani yozib bering.

Javob:Dollarumma.

100

Fillar kichkinagina sichqondan qo‘rqishini ko’p eshitganmiz. Otlar esa ULARDAN qo‘rqishar ekan. ULAR yetti xazinaning biri hisoblanadi. Savol: ULARNI yozib bering

Javob:Asalarilar

100

Amerika Qo‘shma Shtatlari sobiq prezidenti Jon Kennedi shunday deydi “G‘alabaning otasi mingta, mag‘lubiyatning otasi esa ALFA”. 1903-yilda tug‘ilgan Shoir bir sherida qahramonga ALFA emasligini uqtiradi. Savol: ALFAni bir so‘zda yozib bering.

Javob:Yetim

Izoh: Jon Kennedi shunday deydi “G'alabaning otasi mingta mag‘lubiyatning otasi yetim. 1903-yilda tug‘ilgan G‘afur G‘ulom she’ri esa Sen yetim emassan.

100

Ushbu davlatning kichik hududi tufayli xorijiy elchixonalar va vakolatxonalar boshqa bir davlat poytaxtida joylashgan ekan. Savol: Ushbu davlatni emas balki elchixonalar qaysi poytaxt shaharda joylashganligini toping.

Javob:Rim.

Izoh: Gap Vatikan davlati haqida edi. Vatikan esa Rim shahri ichida joylashgan.

100

O‘zbek xalq topishmog‘i. Qat-qat mening cho‘ntagim, Qatlama mening cho‘ntagim, Yetti yerdan to‘y kelsa, To‘ymas mening cho‘ntagim. Uning shamol, suv, elektr kabi turlari mavjud. Savol: Topishmoq javobini yozib bering.

Javob:Tegirmon.

100

Kechua hindulari tilida “Qor” so‘zi mavjud emas. Shu sababli ular qorni SHUNDAY nomlashgan. Yozuvchi Chingiz Aytmatov ijodida ham SHUNDAY nomli hikoya mavjud. Savol: SHUNDAY o‘rnidagi 2 so‘zni yozib bering.

Javob:Oq yomg‘ir.

100

Ko‘plab turk qahvaxonalarida “feldji” nomli insonlarni uchratish mumkin. Bu insonlar qahvaxonalarda qahva yordamida bu ishni amalga oshirishadi. Savol: Gap qanday ish to‘g‘risida ketmoqda?

Javob:Fol ochish.

Izoh: Feldji deb turklar folchilarni atashadi.

100

Elizabet Teylor UNI ayol kishini isituvchi yagona muz deb atagan. Yuriy Nikulinning qo‘li ham U deb atalganini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Savol: Uni bir so‘zda yozib bering.

Javob:Brilliant.

Izoh: “Brilliant qo‘l” filmida bosh rolni Yuriy Nikulin ijro etgan.

100

Diqqat, savol matnida bir soʻzdan harflar tushib qolgan. Oyogʻi yoʻq qochadi, Qanoti yoʻq uchadi. Mazkur topishmoqning javobi u. 1998-yilgi manbaga koʻra bosh qahramonlardan bir uni so`raydi. Savol: Uni toping.

Javob:Bulut

Izoh: "Kichkina tabib" filmida Doniyor ozgina bo`lsa ham bulut so`raydi.

100

Aleksandr Vasilevning she‘rida narsalar aqldan ozgan va gaplasha boshlagan qishloq uyi taavirlangan. She‘rdagi qozon mo‘ri orqali yuqoriga ko‘tariladi va o‘zini Unga qiyoslaydi. Samarqand shahrida ham uni ishlab chiqaruvchi zavod mavjud. Savol: Uni bir bo‘g‘inli so‘zda yozib bering.

Lift

100

QWERTY klaviaturalariga Rossiyaning Yekaterinburg shahrida yodgorlik o‘rnatilgan. Bu klaviatura klavishlari toshdan ishlangan, tugmalar orasidan esa maysa o‘sib turadi. Mahalliy aholi tilak bildirish uchun klaviatura ustiga chiqib bir klavishdan ikkinchisiga sakrashadi. Savol: Agar ular yangidan hayot boshlamoqchi bo‘lsa, yodgorlikdagi qaysi 3 ta tugmacha ustiga chiqib sakrashadi?

Javob:CTRL, ALT, DEL.

100

Navoiylik yigitning 2022-yil chiqqan ijod namunasida aytilishicha, u sinfdosh qiz daftariga "sevaman" deb yozgan, partaga qizning rasmini chizgan, darvozasiga gullar sochgan. Savol: Bu ijod mahsulining nomini yozib bering.

Javob:“Maktabimda”.

Izoh: Savol matnida Hamdam Sobirovning "Maktabimda" qoʻshigʻi syujeti haqida gap borgan.

100

U kemaga faqat kapitanga sayohatda hamrohlik qilish uchun kelgan edi. Biroz vaqtdan keyin olim Robert Makkormik U bilan raqobatlasha olmagach kemani tark etadi. U keyinchalik o‘zining mashhur evolyutsion nazariyasini yaratadi. Savol: U kim

Javob:Charlz Darvin.

100

Napoleon Bonapart va Pinokkio larda U bor. Bir futbol sharhlovchisi U hatto “Real Madrid”da ham borligini hitob qiladi. Savol: U oʻrnidagi ikki soʻzni yozib bering.

Javob:Karlo ota (Papa Karlo).

Izoh: Napoleon va Pinokkioning otasining ismi Karlo. “Real Madrid”ning murabbiyi Karlo Anchelottining laqabi ham “Karlo ota”.

100

U o‘zi аrzimаs nаrsа. Lеkin аhаmiyati judа kаttа. Uni birоvdаn оlsаngiz kаyfiyatingiz ko‘tаrilаdi. Birovga hаdya qilsаngiz bundаn dаvlаtingizgа zig‘irchа hаm putur yеtmаydi. Qаdim Хitоy mаqоlidа shundаy dеyilgаn: “Usiz insоn do‘kоn оchmаgаni mа’qul”. Savol: U nimaligini toping.

Javob:Tаbаssum.

100

Ispaniyada shunday bir restoran bo‘lib, u ertalabdan o‘ziga to‘q xo‘randalarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi, kechga esa uysizlarni tekin ovqatlantiradi. Savol: Ushbu restoran qaysi qahramonning sharafiga nomlangan?

Javob:Robin Gud.

Izoh: boylardan daromad qilib, kambag‘allarga tarqatadi.

100

Bu ko‘rsatkich itda – 38, g‘ozda – 40, kabutarda – 42, qaldirg‘ochda esa – 43 ga tengdir. Savol: Insonda bu ko‘rsatkich normal holatda nechchiga tengligini yozib bering.

Javob:36,6 (gradus).

100

Erkin Vohidov o‘zining Furqat haqidagi she’rida uxlamasdan ham Furqatni o‘qiganligi va uning ohlariga yig‘lab yuborganligini yozadi. She’rining davomida hatto U ham menga qo‘shilib yig‘ladi deb yozadi. Savol: Uni bir so‘z bilan yozib bering.

Javob:Sham.

100

Dmitriy Smirnov Geraklning Orchomen armiyasi bilan jangdagi g'alabasini shunday tasvirlaydi. Jang taktikasi juda sodda edi. Dushman qoyalar orasidan chiqib qator tizilib olishi bilan Gerakl ularga katta toshni yumalatib yuborardi, bu holat takrorlanaverardi. Savol: Smirnov bu holatni qaysi o‘yinga qiyoslaydi?

Bouling.

100

“Manchester Yunayted”ga Ten Hag bosh murabbiy bo‘lganidan so‘ng Xayrulla Hamidov “Endi Manchesterda U ikkita” degan post joylaydi. 

Savol: Uni bir bo‘g‘inli so‘z bilan yozib bering.

Javob:Kal.

Izoh: Manchesterning ikki klubi Yunayted va Siti murabbiylarining ikkalasi ham kal hisoblanadi.

100

Bir yapon maqolida aytilishicha, U hali hech narsani anglatmaydi. Bir filmda ham: “hayot o‘ziga xos poyga, lekin U barcha raqiblardan o‘zib ketish degani emas. U – mag‘lubiyatdan keyin qaytish va yo‘l qanchalik sirpanchiq bo‘lishidan qat’iy nazar, eng oxirigacha borish demakdir” - deyiladi. Savol: U deganda nima nazarda tutilgan

Javob:Birinchi g‘alaba.

100

Amir Temur davrida eng mashhur USHBU kasb egasi Mavlono Shamsuddin Munshiy edi. Savol: Ushbu kasbni qo‘shundoshli bir so‘zda yozib bering.

Javob:Xattot.

100

Rumiy Uni ko‘ngilning pardasiga o‘xshatsa, Navoiy Uni “chamanning ochilgan lolasi”, deya ta'riflaydi. Yana bir buyuk shoir esa hech dori darmon tuzaltolmagan joniga U masih ekanligini yozgan. Savol: Uni toping.

Javob:Til (Ona tili)