A
B
C
D
E
100

Baʼzi poni otlarining balandligi 90 santimetrdan oshmaydi. Bu turdagi ponilar musulmon davlatlarida maʼlum bir ishda ishlatiladi. Odatda bu ishni boshqa bir hayvon bajarishini koʻrgansiz. Savol: Bu qanday ish ekanligini toping.

Javob:Koʻrlarni yetaklash.

Izoh: Musulmon davlatlarida itlar harom hisoblanib koʻr insonni yetaklashiga ruxsat berilmaydi

100

2016-yil avgustdan boshlab AQSH sportchilarining ayrimlari irqchilik va politsiya zulmiga qarshilik ramzi sifatida madhiya paytida bu ishni qilishni odat qilishgan. “Kristal Pelas” hujumisi Vilfrid Zaa “Black Lives Matter” harakatini qo‘llab-quvvatlamasligini aytib bu ish ahmoqgarchilik ekanligini aytgan. Savol: BU ISHNI 2 so‘zda yozib bering.

Javob:Tiz cho‘kish.

100

Youtubedagi marketing haqidagi videolardan birida aytilishicha, Ularning orqa gʻildiraklari maxsus ravishda tez yurganda yoqimsiz ovoz chiqaradigan qilib ishlanadi. Ular ilk bor 1937-yilda tadbirkor Silvan Goldman tomonidan ixtiro qilingan. Savol: Ularni ikki soʻzda yozib bering. U sekinroq harakat qilishni taminlaydi.

Javob:Supermarket aravachalari

Izoh: Aravachalarning gʻildiraklari tez yurganda maxsus ovoz chiqaradi, shu sababli insonlar bu tovushdan uyalib Supermarket boʻylab sekinroq harakat qilishadi.

100

Sharhlovchi Xayrulla Hamidov jadidlar haqida fikr bildirarkan, “Qodiriyni o‘zining ijod e’tiqodida salomat bo‘lib qolganini, Cho‘lpon esa anchagina o‘zgarishga majbur bo‘lganini” ta’kidlaydi. Fikri davomida sharhlovchi Bu shoirga “o‘zgarishga ham ulgurmagan, novdaligidayoq ko‘karish-ko‘karmasligini bilmay turib chopib tashlangan” deya ta’rif beradi. Savol: 1912-yil Chuqurko‘cha dahasida tug‘ilgan Bu inson kim?

Javob:Usmon Nosir

100

Tarqatmada italyan milliy taomi Aranchini rasmini ko‘rib turibsiz. Aranchini italyanchadan “kichik ular” deb tarjima qilinadi. Savol: Ularni yozib bering.

Javob:Apelsin

Izoh: Aranchini kichik apelsinlar deb tarjima qilinadi. Shakli va rangi sabab apelsinni eslatadi.

100

1810-yilda tashkil topgan ushbu kompaniya, 1858-yilda qo‘lingizda turgan emblemani rasmiylashtirdi. Armand esa bu qadimiy kompaniya faoliyatini avtomobilsozlikka yoʻnaltirgan. Savol: Armandning familiyasini yozib bering.

Javob:Pejo.

100

Matbuot anjumanida Anchelotti bilan tom ma’noda BU ISH SODIR BO‘LGANI ko‘rsatilgan video postida Xayrulla Hamidov Anchelottining iste’fosi yaqin ekanligiga ishora qilib, ko‘chma ma’noda ham BU ISH SODIR BO‘LAYOTGANIni aytadi. Savol: BU ISH SODIR BO‘LISHI so‘zlari o‘rnidagi ikki so‘zni yozib bering.

Javob:Kursisi qimirlash.

Izoh: Matbuot anjumanida tom ma’noda Anchelottining kursisi qimirlashi ramziy ma’no ham kasb etgan.

100

Qobiljon Shermatovning “Mezbonsiz dunyo” asarida “dunyodagi eng chiroyli manzara U ketayotgani, eng xunuk manzara esa U qaytayotgani”, degan fikrlar berilgan. Bu bilan muallif Uning ketishi ko‘p odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, Uning qaytib kelishi esa yaqin odamlarni ham dushmanga aylantiradi demoqchi bo‘lgan. Savol: Uni ikki so‘zda yozib bering.

Javob:Kelinning sepi.

Izoh: Haqiqatan kelinning sepi ketayotganda hamma xursand, qaytsa demak, oilaning buzilishi, hatto quda bo‘lgan opa-ukalar ham yuz ko‘rmas bo‘lib ketishadi.

100

Falsafiy nuqtai nazardan IKS – inson orzu va qudratining toshda mujassam bo‘lgan ifodasi. IKSda yashovchi shaxslar ko‘pincha dunyoning tashvishlaridan panada bo‘lishsa-da, devorlar ichra yolg‘izlik hamda mas’uliyatni his etishadi. Savol: IKS o‘rnidagi bir bo‘g‘inli so‘zni yozib bering.

Javob:Qasr

100

Youtubedagi videolardan birida “Real Madrid” va “Barselona” jamoalari qarama-qarshiligi U deb ataladi. Boshqa bir U IMDB reytingida 7.8 ballga ega. Savol: UNI ikki so‘zda yozib bering.

Javob:Yulduzlar jangi.

100

Counter Strike 2 o‘yiniga tegishli qurollar orasida elektroshoker pistoletni ham uchratish mumkin. Ushbu qurol nomining kelib chiqishi UNGA borib taqaladi. U haqidagi manbalardan birida, ismining ma’nosi “yorug‘ osmon” ekanligi aytiladi. Savol: UNI qisqa so‘zda yozib bering.

Javob:Zevs

Izoh: Qadimgi yunon afsonalariga ko‘ra, osmon, chaqmoq va momaqaldiroq xudosi Zevs hisoblanadi.

100

Bu tog‘ nomining kelib chiqishi haqida ikkita versiya bor. Birinchi versiyaga ko‘ra “Yupiter tog‘i” so‘zlari, ikkinchi versiyaga ko‘ra “Yahudiylar tog‘i” so‘zlari toqqa nom bergan. 25-yozgi Olimpiada o‘yinlari ochilish marosimi ham shu tog‘dagi stadionda bo’lib o’tgan edi. O‘ylaymizki, futbol ishqibozlari ushbu tog‘ni yaxshi bilishadi. Savol: Ushbu tog‘ nomini yozib bering

Javob:Montjuik

Izoh: Barselonadagi Montjuik tog‘i Mont Jupiter yoki Mont Juice so‘zlaridan kelib chiqqanligi haqida versiyalar bor.

100

Xalq og‘zaki ijodida U odatda bonus sifatida taqdim etiladi. Savol: U deganda nima nazarda tutilayotgani ikki so‘z bilan yozib bering.

Yarim Davlat

100

20-asr boshlarida Nyu-Yorkda ULAR ish tashlaganida, shaharda bir kechada ellik kishi sovuqdan muzlab qolgan. Savol: Italyan tilidan kirib kelgan so‘z qatnashtirib Ularni yozib bering.

Javob:Gazeta tarqatuvchilar.

Izoh: U paytda ko‘cha bezorilari va uysiz odamlar ko‘cha ko‘yda uxlash uchun gazetalar bilan o‘ranishardi. Gazetachilar ish tashlaganida esa uysizlar o‘ranishga hech narsa topa olmaydi va sovuqdan halok bo‘lishdi. So‘zning italyancha ildizi — gazzettadan olingan (gazeta).

100

Metamarfoza – bu bir holatdan ikkinchi holatga keskin o‘zgarishni anglatadi. Bir asarda personaj Stalinning bir zumda kommunistik partiyaning asosiy figurasiga aylanganini aytar ekan, bir metamarfozani keltiradi. Savol: Ushbu metamarfozani bir necha so‘zda yozib bering.

Javob:Piyodaning farzinga aylanishi.

100

FRANSIYANING “Reno” kompaniyasi “Reno 5” modeli salonida maxsus savatcha joylashtirilgan bo‘lib, bu savatcha BETA uchun mo‘ljallangan. Savol: BETAning nima ekanligini yozib bering.

Javob:Baget noni . Izoh: Baget noni Fransiyaning timsollaridan biri hisoblanadi

100

Solih Uyanning ruhiyat muvozanati va qalb xotirjamligiga erishish haqidagi tibbiyot bilan bog‘liqlikda yozilgan kitobi “Ruhiyat IKSi” deb nomlanadi. IKS haqida gap ketganida shifokorlar Nikolas Perrikone, Pyer Dyukan, Maksimilian Birxer-Bennerlarga ham havolalar mavjud. Savol: IKSni toping.

Javob:Parhez.

Izoh: Barcha dardga davo sifatida dori darmonlarga qo‘shib albatta parhez tavsiya etiladi.

100

“Mir avto” Facebook sahifasi ushbu suratga IKS va IGREK deya nom beradi. 2009-yilda o‘zbek kino ijodkorlari tomonidan yaratilgan film nomida ham IGREKNI ko‘rishimiz mumkin. Savol: Savol matnidagi IKS va IGREKni yozib bering.

Javob:Bobo va nabira.

Izoh: Suratda Bently avto ulovining eski va yangi ko‘rinishini Facebook kanali tomonidan “Bobo va nabira” deb nomlangan. 2009-yili “Chol va nabira” filmi yaratilgan.

100

2024-yil 21-iyul kuni soat Toshkent vaqti bilan 23:00da AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden bu yil bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida qatnashmasligini e‘lon qildi. Bu voqeaga bag‘ishlangan Qalampir.uzning “YouTube” kanalida e’lon qilingan kontent nomi “IKS, Bayden” deb nomlangan. Savol: IKS o‘rnidagi inglizcha takror so‘zni yozib bering.

Javob:Bye-Bye.

Izoh: Kontent “Bye-Bye, Bayden” deb nomlangan va unda AQSh prezidenti Jo Baydenning iste'foga chiqishi haqida gapirilgan.

100

Gonkongda ULARni yaratishda qora va sariq chiziqlardan foydalaniladi. Shu sabab Gongkongda ULARning nomida “yoʻlbars” soʻzini koʻrish mumkin. Savol: ULAR nima ekanligini toping

Javob:Piyodalar o‘tish joyi.

100

Bir Amerika filmidagi qahramon uzoq vaqtdan beri ko‘rmagan do‘sti bilan uchrashganda, do‘stini Unga o‘xshatadi. 1928, 1953 va 1963-yillarda chiqarilgan ULARDA Tomasning loyihasi boʻyicha qurilgan Montichelo villasi tasviri tushirilgan edi. Savol: ULARni bir necha so‘zda yozib bering.

Javob:Ikki dollarlik banknota

Izoh: Ikki dollarlik banknotda AQSh prezidenti Tomas Jeffersonni ko‘rishimiz mumkin. Ma’lumki, 2 dollar muomaladagi eng kam tarqalgan banknot hisoblanadi. Filmda qahramon uzoq vaqtdan beri ko‘rmagan do‘stini ham 2 dollarga qiyoslagan.

100

Ketma-ketlikni tinglang: Diplom ishi, 20 gektar yer, ekskavator, asfalt yotqizadigan traktor va Raj Kapur. Savol: Ro‘yxatni birlashtiradigan XXI asr boshidagi manbani yozib bering.

Javob:Tanka.

Izoh: 2002-yilda ommaga taqdim etilgan “Tanka” filmida Bahodir ismli xalq artistining diplom ishiga tanka bo‘lib berishi bilan boshlanadigan tanish bilishchilik shu tariqa davom etgan edi.

100

Erix Mariya Remarkning “Lissabondagi tun” asari qahramoni insoniyat paradokslar qurshovida yashayotganini, IKKINCHIGA erishish uchun BIRINCHI kerakligini aytadi. 1948-yilda nashr etilgan asarda esa BIRINCHI IKKINCHI ekanligi ta’kidlangan. Savol: BIRINCHI va IKKINCHI o‘rnidagi so‘zlarni yozib bering.

Javob:Urush va Tinchlik.

Izoh: Remark asari qahramoni insoniyat paradokslar davrida yashayotganini va tinchlikka erishishi uchun urush olib borayotganini ta’kidlagan. 1948-yilda nashr etilgan Jorj Oruell qalamiga mansub “1984” asarida esa, “Urush bu tinchlikdir!” shiorini ko‘rishimiz mumkin.

100

U ko‘p tillarda afsonaviy personaj bilan bog‘lanadi. Ammo uning ko‘plab tillarda boshqa ma’nolari ham borligini ko‘rish mumkin. Shvedlar va norveglar uni “manet”, yaponlar esa “oyning dengizdagi aksi” deb atashgan. Savol: Uni yozib bering.

Javob:Meduza.

Izoh: Meduzalarning nomi Meduza Gorgona bilan bog‘lanilsada ko‘plab tillarda uning boshqa nomlari va ma’nolari mavjud.

100

Qadimgi Yunonistonda U orqali davolash usuli mavjud bo‘lgan. Garri Potter olamida “Parseltang” ham U.

Savol: Uni ikki so‘zda yozib bering.

Javob:Ilon tili.

Izoh: Ilon tibbiyot ramzi hisoblanadi va qadimgi Yunonistonda ilon tili bilan davolash usuli mavjud bo‘lgan.