Masha va ayiq multserialining bir qismida oʻrmonga oʻzga sayyoralik mehmonlar kelishgani maʼlum boʻladi. Bundan xabar topgan personajlardan biri rus milliy kiyimida, qoʻlida BIRINCHI va IKKINCHIni tutgan holda paydo boʻladi. Savol: BIRINCHI va IKKINCHIni qisqa soʻzlarda yozib bering.
Javob:Non va tuz.
Izoh: Ko‘p xaqlar odatiga ko‘ra mehmon kelganda uning oldiga non va tuz koʻtarib chiqiladi.
Arxitektor Fariborz Sahba Lotus ibodatxonasini qurishda Undan ilhomlangan. U haqidagi maqolada yaxta yelkanlari eslab oʻtilgan. Savol: Uni uch soʻzda yozib bering.
Javob:Sidney Opera teatri.
hammaga minus
100
Dastlabki zambaraklar tuyalarga o‘rnatilagan boʻlib, oson koʻchgan va dushmanni har tomondan tinmay bezovta qilib koʻz ochishiga imkon bermagan. Zambarak forscha “zamburek” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib “kichik U” degan maʼnoni bildiradi. Savol: U oʻrnidagi jonzotni yozib bering.
Javob:Asalari.
Izoh: Oson koʻchadigan zambaraklar dushmanga tinmay zarba bergan. Bu xuddi ari galasi chaqishiga oʻxshaydi. Hozirda ham yurtimizdagi baʼzi hududlarda qovoqarini zambur deb atashadi.
Hindistonda oʻsuvchi Nim daraxtining turli qismlaridan mahalliy tibbiyotda juda koʻp dori-darmon tayyorlanadi. Bu daraxt xalq orasida “qishloq ALFASI” deya nom olgan. Savol: ALFAni yunonchadan oʻzlashgan soʻzda yozib bering.
Javob:Apteka.
Izoh: Turli qismlaridan turli dorilar tayyorlanadigan Nim daraxtiga "qishloq aptekasi" deya taʻrif berilgan
Yutuq
150
Hazil multfilmda qamoqqa tushgan jodugar ayolga turli ishlar buyuriladi. Masalan pol artadi, idishlarni yuvadi. Yakunda judugar ayol hovlida buyurilgan ish sabab qamoqdan qochishga erishadi. Savol: Qamoqdan qochish uchun qaysi predmet yordam beradi ?
Javob: Supurgi.
“Dahshatli Meshpolvon” filmidagi qo‘shiqda bosh qahramon olmaning baqalog‘idan, gilosning chaqalog‘idan yeganini aytadi. Qo‘shiq davomida U ham tilga olingan. Muallifning aytishicha, “U” nomli kitob bir avlod bilan ikkinchi avlod o‘rtasidagi uzilib qolgan ko‘priklar haqida. Savol: U o‘rnidagi so‘zni toping.
Javob:Bog‘bon.
Izoh: Qo‘shiqning davomida qahramon bog‘bon bobodan shapaloq yegani aytiladi. “Bog‘bon” filmida Raj Malhotra o‘zi yozgan “Bog‘bon” kitobi haqida bir qancha ta’riflar bergan bo‘lib, ulardan birini yuqorida eshitdingiz.
Islom dinining yurtimizga kirib kelishi “Alpomish” dostonining syujetiga ham taʼsir koʻrsatgan. Xususan aka-ukalar oʻrtasiga sovuqchilik tushishiga U sabab boʻladi. U barchamizga tanish soʻzning 71% dan ortiqrogʻini tashkil qiladi. Savol: Uni bir soʻzda yozib bering.
Javob:Zakot.
Izoh: Alpomish dostonining ilk versiyalari miloddan avvalgi yuz yilliklarni oʻzida aks ettirsada islom dini doston syujetiga taʼsir qilgan. Xususan aka-ukalar Boyboʻri va Boysari zakot masalasida tortishib qolishadi. Zakot soʻzi Zakovat soʻzining 71.4 % ni tashkil qiladi.
sovg'a qutusi. ochilsinmi yoki 100 ball olishni tanlash
200 ball sovg'a

Tarqatma material. Ushbu rus tv shousida boshlovchi mehmonxonalar, restoranlar va boshqa muassasalariga TEKSHIRUV uyushtiradi. Ushbu shouning toʻliq nomida ilk bor 1836-yilda nashr qilingan asar nomi koʻrish mumkin. Savol: Oʻsha asar nomini yozib bering.
Javob:Revizor
Izoh: Revizorro nomli rus tv shousida ishchi guruh xuddi revizordek turli muassasalarni tekshiradi. Revizor komediyasi Nikolay Gogol tomonidan 1835-yilda yozilib, bir yil oʻtgach nashr qilingan.
Inson tanasing yirik qon tomirlari oʻtuvchi qismlari asosiy pulsatsiya hududi hisoblanadi va tananing boshqa qismlaridan biroz issiqroq boʻladi. Aroma-butik saytidagi maqolada BU ISHni qilish uchun tananing ayni shu qismlari mos ekanligi yoziladi. Savol: BU ISHni yozib bering.
Javob:Atir sepish uchun.
Baʼzi amerikaliklar fikricha bu simvol “qoʻshma shtatlar” soʻzlarining bosh harflaridan paydo boʻlgan. Boshqa bir versiyaga koʻra simvol “ps” abbreviaturasining qoʻshilishidan hosil qilingan. Savol: Bu simvolni javob varaqangizga tasvirlab bering.
Javob: $
qo'shimcha ball
guruh 2 yoki 3
Strayker Rinopitegi deb ataluvchi bu maymun turi burnini ichiga suv kirib ketmasligi uchun yomg‘ir vaqtida daraxt shoxlari orasiga yashirib, boshini pastga qaratib o‘tiradi. Yungi asosan qora va oq rangli bo‘lgan ushbu maymun ko‘rinishi tufayli hozirda vafot etgan bir mashhur inson sharafiga laqab ham olgan. Savol: O‘sha mashhur inson ism-sharifini yozib bering.

Javob:Maykl Jekson.
Izoh: Qora tanlidan oq tanliga aylangan Maykl Jekson burni yo‘qligi bilan ham mashhir edi.
son tanlang 1-5gacha
4. to'g'ri javobga 150
Ballar almashuvi
guruh 1yoki 2
Bir hajviy jurnal muxbiri oqqa qora chaplaydigan tuhmatchi kishini Unga qiyos qiladi. Virjina Vulfning qahramoni har gal yozishni boshlashdan oldin Unga tushgan pashshalarni olib tashlashga majbur boʻlardi. Savol: U nima ?
Javob: Siyohdon.
Shrek multfilmi Shrek va Fionaning to‘y sahnasi bilan yakunlanadi. Yakunda bir nechta qizlarning urinishlariga qaramasdan Uni ajdaho tutib oladi. Savol: Uni ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Kelin guldastasi.
Aktrisa Vivien Li o‘zining barmoqlarini juda katta deb hisoblar va barmoqlaridan uyalar edi. Keyinchalik Vivienning shaxsiy kolleksiyasida Ularning 150 ta turi yig‘ilgan. Savol: Nimaning ?
Javob:Qo‘lqop
Yakitori - tovuqdan tayyorlanadigan kabob bo‘lib, odatda bambukdan yasalgan tayoqchalarda pishiriladi. Uning qornidan 4 ta yakitori tayoqchasi topilgan. Albatta 9 yil davomida ko‘chadagi odamlar Uni turli narsalar bilan mehmon qilishgani tabiiy. Savol: Uni toping.
Javob:Xatiko.
Izoh: Xatiko salkam 9 yildan ortiq o‘z egasini kutgan sodiq it. Shibuya stansiyasida egasini kutgan Xatikoga odamlar turli yeguliklar berishgan
Tarqatma material. Siz tarqatmada Play Marketdagi o‘yinni ko‘rib turibsiz. O‘yin tavsifida o‘yin yaratuvchilarining bir tilagini ko‘rish mumkin. Savol: Qanday tilak ekanligini yozib bering.

Javob:Xayrli tun.
Izoh: Qo‘ylarni sanash odamning uyqusini keltiradi degan tushuncha bor. “Qo‘ylarni sanash” o‘yini ijodkorlari ham o‘yin o‘ynovchilariga “xayrli tun” tilagan.
Versiyalardan biriga ko‘ra, U ogʻir vazni bilan raqiblaridan ajralib turgan bokschi Benjamin Kount sharafiga nomlangan. U qora keb va dabldekker avtobuslar bilan birgalikda mamlakatning timsoli sifatida qayd etilgan. Savol: Uni yozib bering.
Javob:Big Ben.
2008-yil boshida AQSH bozorlarida sotilayotgan Ularning tarkibida qo‘rg‘oshin miqdori yuqoriligi sababli, ULAR sotuv rastalaridan qaytarib olingan. U odatda ayolning oilaviy holatini bildirib turadi. Savol: Uni bir hindcha so‘zda yozib bering.
Javob:Sindur.
minus
1 raund o'ynalmasin