Midzaru, Kikadzaru va Ivadzaru ismli maymunlar tasvirlangan 3 maymun rasmini barchangiz bilasiz. Biri ko`rmaydi, biri eshitmaydi, biri gapirmaydi. Karikaturalardan birida to`rtinchi maymun ham tasvirlangan bo`lib, unda yuqoridagi xususiyatlarning barchasi jamlangan: hech narsani ko`rmaydi, hech narsani eshitmaydi, hech narsani gapirmaydi. Diqqat savol: To`rtinchi maymun nima bilan tasvirlangan?
Telefon.
Izoh: Izoh: Umid qilamizki, oramizda to`rtinchi maymunchalar yo`q
Afsonaga ko'ra, uch sayyoh yo'lda uchrashib qolibdi. Ular juda och qolishgandi. Ular o'zlarida bor narsadan hech narsa tayyorlay olmasdi: birida go'sht va un, birida suv va tova, birida sabzavotlar va xushbo'y giyohlar bor edi. Masalliqlarni jamlash orqali ilk bora U tayyorlangan.
Lag'mon.
Erkin Vohidovning "Kelajakka maktub" she'ridan parcha: Ivan Vasilyevich - dahshatli podshoh, G'azabi junbushga kelganda nogoh, Temir aso bilan urib o'g'lini, Farzand qoni bilan bo'yab qo'lini, O'zi dahshat ichra lol qotdi bir dam. She'rning davomida bu voqeadan yarim asr ilgari yuz bergan, yuqoridagi voqeaga butkul teskari voqeilik esga olinadi. Diqqat savol: O`sha voqeaning ikki qatnashchisi kimlar?
Bobur va Humoyun.
O'zbek urf-odatlariga ko'ra, sovchilikka borganda "Onasini ko'rib qizini ol" maqoliga rioya qilinadi va dastlab mehmonga borilganda qizning onasi bilan suhbatlashiladi. Bu jarayonda kuyovning onasi doimo yonida bir ayol bilan bo'lishi odat tusiga kirgan. Bu yigitning ammasidir, xolasidir yoki qo'shnisidir farqi yo'q, kimdir bo'lishi shart. Mana shu holatning o'zi o'zbek xalqining naqadar andishali ekanligini ko'rsatadi.Diqqat savol: Onalar nimadan qochish maqsadida o'z yoniga yana bir ayolni qo'shib olishadi?
O'z o'g'lini maqtamaslik uchun.
Yana sovg'a
300
Bayramga sovg'a
200
2022-yil 1-fevral sanasida “Sug`ur kuni” bayramini nishonlash rejasi barbod bo`ldi. Chunki Nyu-Jersida obhavoni bashorat qilib beruvchi, bahorning qanday kelishini taxmin qiluvchi Mel ismli sug`ur shu kuni hayotdan ko`z yumdi. Bu ma`lumotni yozgan Nota bene kanali admini “Butun Amerika vahimada ekanligini” aytadi va 1970-yilda nashr qilingan asarga ishora qiladi. Diqqat savol: Bu asar nomini yozib bering.
“Bahor qaytmaydi”.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida biror ishning uddasidan chiqmoq, ilojini topmoq so‘zlariga sinonim sifatida ishlatiladigan jumlada SHU SO’Z ham mavjud. Xuddi shu mazmundagi maqolda esa, SHU SO’Z ni topish orqali tabiat hodisalaridan biriga sababchi bo‘lish ham mumkinligi aytiladi. Diqqat savol: Shu so’zni yozib bering!
Qalov Izoh: Gap “Qalovini topmoq” jumlasi haqida edi. Maqolda esa “Qalovini topsang qor ham yog’adi” deyiladi.
2017-yilda hamyurtimiz Miroqil Fozilov yapon hukumati tomonidan imperator ordeni bilan taqdirlanadi. Sababi u yuzga yaqin yapon askarlarining xavfsiz va osoyishta yotishini 40 yil davomida ta'minlagan edi. Savol: Miroqil Fozilovning kasbini bir xil harf bilan boshlanuvchi 2 so'zda ayting
Qabriston qorovuli.
Izoh: Izoh: Bu inson 2-jahon urushidan keyin yurtimizga kelib qolgan askarlarning qabrini obod qilish va qo'riqlash bilan shug'ullangan.
Koreys maqolida Kim familiyali odam va Seul shahri tilga olinadi. Savol: Shu maqolning bizdagi analogida qaysi buyum va qaysi mahsulot esga olinadi?
Igna va somon
Izoh: Seuldan Kim familiyali odamni topish xuddiki somon ichidan igna qidirgandek gap.
Chak-chak tatarlarning asosiy yeguliklaridan biri. Aytishlaricha chakchakning shirinligiga qarab oilaning baxti ham belgilanadi. Ba’zida tatarlar uchun chakchak Uning vazifasini ham bajarib berar ekan. Savol: Uni bir xil xarf bilan boshlanuvchi ikki so‘zda ayting.
To‘y to‘rti.
ballar almashinsin
guruh 1 yoki 2
Moliyachi Deyv Ramzining fikriga ko‘ra U yolg‘on umid beruvchi, hech qanday statistikaga asoslanmagan kambag‘allar to‘laydigan soliq ekan. Savol: Uni chet tilidan kirib kelgan so‘z bilan ayting.
Javob:Lotereya.
Hazilkash savol muallifining fikricha, borliq agar ushbu kimyoviy elementni yo‘qotadigan bolsa, teng yarmidan ayrilar ekan. Savol: Qaysi element?
Bor.
Izoh: Borliq so‘zida Bor elementini topish mumkin.
Bu ayollar dunyodagi barcha oltin fondining 11 foiziga egalik qilmoqda. Taqqoslash uchun, AQSH, Germaniya va Shveysariya davlatlaridagi oltinlarni qo‘shsak ham ulardagi bor oltin miqdoriga yetmas ekan. Ularni hayotda ko‘rmagan bo‘lsangiz, kinolarda ko‘rgansiz. Savol: Ular kimlar ekanligini ikki so‘z bilan yozing.
Javob:Hind ayollari
Rus haziliga ko‘ra “Haqiqiy rus oilasi bo‘lishi uchun oilada shuncha odam bo‘lishi kerak”. Savol: Nechta?
8 ta (Семь + Я = 8).
Amerika topishmog‘i: “Qalin palto ichida it qonga bo‘yalib yotibdi”. Savol: Topishmoqning javobini toping.
Javob:Hot-dog.
minus ballar
-150
Muhammad Yusufning “Vatanim” she’rida “Kim Qashqarni qildi makon, kim Enasoy tomonda” jumlalari bor. Shoir bu gapni bejizga yozmagan. Bir yurtdoshimiz Qashqarda, vatandan uzoqda vafot etgan bo‘lsa, yana biri Enasoyda qatag‘onga uchragan. Savol: Har ikkala yurtdoshimizni yozib bering.
Javob:Furqat va Usmon Nosir.
Qadimgi Rimda o‘g‘il bolalar shunday rangdagi toga kiyib yurishgan. Bu rangni kamalakda uchratmaysiz. Savol: Qaysi rang?
Javob:Pushti.
Usmon Nosirning “Monolog” she’rida U kesilgan boshga o‘xshatilgan. Parcha-parcha shafaqlar esa tirqiragan qonni eslatgan. O‘zbekistonliklar uni ko‘rish uchun g‘arbga qarashlari kerak. Savol: Uni yozib bering!
Javob:Botayotgan quyosh.
To‘la va aniq ma’lumotga ega bo‘lgan, yagona dastur asosida tuzilgan, tartibga solingan xaritalar to‘plami U hisoblanadi.
Javob:Atlas.
X ni yetishtirish bo'yicha Eron davlati yetakchi hisoblanadi. Uni bahorda iste’mol qilish zararli ekan. Elmurod Haqnazarov fikricha, o'zbek xalqi X iste'mol qilish bo'yicha dunyoga master klass o'tab bera olar ekan. Savol: X o'rnidagi mahsulotni yozib bering.
Javob:Pista.
Izoh: Mango guruhining pistani qandoq chaqarlar haqidagi qo'shig'i o'z vaqtida mashxurlikka erishgan. Elmurod Haqnazarov qvz hazillaridan birida o'zbek xalqiga pistani chaqishni o'rgatish shartmasligini aytib o'tadi.
minus ballar
-200
Belgiya davlatida o'quvchilarga bu ishni qilish huquqi mavjud bo'lib, bu uchun ular hech qanday jazoga tortilmaydilar, birgina shart ular ertalabgi nonushtani qilmasliklari kerak. Bizda esa bu ishni qilganlar odatda sinfda yoki maktab eshigi oldida turg'izib qo'yilishi mumkin. Savol: deyarli barchamiz qilgan bu ishni yozib bering.
Javob:darsga kech qolish.