Muhammad Husayn Haykal
Asarlari
Zaynab romani
Romanning ahamiyati
100

Muhammad Husayn Haykal qachon va qayerda tug'ilgan?

1888-yilda Dakahliya viloyatining Sanbalavin qishlog'ida tug'ilgan.

100

Adibning qanday asarlari bor?

"Zaynab", "Bo'sh vaqtlar", "Qaro yerda o'n kun", "Misr va g'arb tarjimalari", "Shunday yaratilgan"

100

"Zaynab" romani qachon va qayerda yozilgan?

1911-yilda Parij-London safarida yozilgan.

100

Asarda qaysi mavzular tasvirlangan?

Sevgi, jamiyat bosimi, erkinlik kurashi

200

Adib qaysi maktabda ta'lim olgan?

1909-yilda Huquq maktabini bitirgan.

200

Uning maqolalar va adabiy tadqiqotlar to'plamining nomi nima?

" Misr. Adabiyot inqilobi"

200

"Zaynab" kimga yoki nimaga bag'ishlangan?

Misrga va o'z singlisiga bag'ishlangan.

200

"Zaynab" romaninig janri qanday?

Psixologik-romantik roman

300

Muhammad kimni o'ziga ustoz sifatida ko'rgan?

Lutfi Said

300

“Fī awqāt al-farāgh” (Bo‘sh vaqtlar) esselarida muallif jamiyatning qaysi muammolarini ko‘taradi?

Bu to‘plamda Haykal Misr jamiyatining ma’rifatsizlik, eskicha qarashlar, siyosiy befarqlik, ijtimoiy adolatsizlik va yoshlar tarbiyasidagi kamchiliklar kabi masalalarni ko‘taradi. U jamiyatni uyg‘onishga, yangilanishga va ilmga chaqiradi.

300

Roman dastlab qanday bo'lgan va hozir necha qismli romandan iborat?

Dastlab qisqa hikoya sifatida yozilgan, keyinchalik 3 qismli romanga aylantirilgan.

300

Asarda ko‘rsatilgan ijtimoiy tengsizlik holatlari bugungi real hayot bilan qanchalik o‘xshash?


Boy va kambag‘al o‘rtasidagi farq, ta’limga teng imkon bo‘lmasligi, ayollarga bosim kabi holatlar bugungi jamiyatda ham kuzatiladi. Shuning uchun roman real hayot bilan o‘xshashlikka ega.

400

Qaysi jurnalda bosh muharrir sifatida faoliyat yuritgan?

"As-siyasa"

400

"Muhammad hayoti" asarida muallif Muhammad s.a.v. hayotini yoritishda qaysi tarixiy manbalardan foydalangan?

Ibn Hishom, Tabariy, Ibn Sa'd kabi klassik siyrat va tarixiy manbalarga tayangan.

400

"Zaynab" romanining birinchi nashri qaysi nom bilan chiqqan?

"Fil-rif"(Qishloqda) nomi

400

Dastlab Muhammad Husayn Haykal "Zaynab" romaniga o'z nomini qo'ymagani sababli qanday imzo bilan chop etilgan?

Misrlik dehqon yozdi imzosi bilan.

500

Adib qaysi lavozimlarda faoliyat yuritgan?

3 marta ma'rifat vaziri,ijtimoiy ishlar vaziri,senat raisi va Misr delegatsiyasining BMT dagi rahbari bo'lgan.

500

“Zaynab” romanida qishloq ayollari hayoti qanday ko‘rsatilgan?


Roman qishloq ayollari hayotini majburiy nikoh, erkinlikning cheklanganligi, kundalik mehnat va ijtimoiy bosimlar orqali ko‘rsatadi. Zaynabning fojeasi va boshqa ayol obrazlari orqali ularning jamiyatdagi noqulay o‘rni va muammolari tasvirlanadi.

500

Romanning qismlarini aytib bering?

1. Qahramonning hayot tarzi tanishtiriladi

2. Ularning munosabatlari yoritiladi( Zaynab,Hamid, Ibrohim)

3.Majburiy nikoh va tragedik yakun.

500

“Zaynab” romanida qahramonlarning xarakterini ochishda muallif qanday badiiy vositalardan foydalangan?

dialoglar, ichki monologlar va xarakter tasvirlari orqali qahramonlarning his-tuyg‘ulari va xarakterini jonli ko‘rsatgan.