1
2
3
4
5
100

Zardushtiylik dini asoschisining to'liq ismi va ismining ma'nosi nima?

Spitama qabilasidan boʼlgan Purushaspa oʼgʼli Ashoga Zaratushtra (yunoncha – Zoroastr, pahlaviycha – Zarat “boqiy yulduz” va Ushtra “chiroyli tuyalarga ega boʼlgan”)

100

Axura-Mazda yunoncha ................

Islom manbalarida................ shaklida kelgan

Ynonlarda Ormuzd

Islom manbalarida Hurmuz

100

(Muqaddas barhayotlar) kimlar?

"Amesha Spenta" Zardushtiylikda Ahura Mazdaning 6ta yordamchi  farishtalari

100

Zardushtiylik taʼlimotiga koʼra  muqaddas unsurlar 

suv

havo

tuproq

olov

100

Zardushtiylar o'z dinlarini yana qanday nom bilan nomlaydilar?

Behdin

200

Zardushtiylik marosimlari zamirida qanday ta'limot yotadi?

qanday nopoklikka qarshi kurash

200

Zardushtiylar ibodatxonasi nima deb ataladi

Otashkade

200

Zardushtiylarga ko'ra " muqaddas olov" nima deb ataladi

ozarxurra

200

Muqaddas olovlarni oʼchib qolmasligini kimlar zimmalariga olganlar

Mobad (diniy marosimlarni avloddan avlodga saqlab qolish masʼuliyatini olgan, ruhoniylar oilasi)lar

200

Аgar Mobad boʼlmasa, uning ishlarini kim bajargan?

Xirbad (ruhoniy oilasiga mansub diniy malakasi yuqori boʼlmagan ibodatxona xodimlari)

300

Zardushtiylar poklanishni nima yordamida amalga oshiradilar

Muqaddas Olov yordamida

300

 Zardushtiylik diniga ko'ra marosimlarda yoqiladigan Muqaddas olovlarning nechta turi bor va ular qaysilar?

Shoh otash Varaxram (oliy darajadagi Shoh Bahrom olovi)

Otash Аduran (oʼrta darajadagi aslzodalar olovi)

Otash Dodgoh (quyi darajadagi olov)

300

Zardusht ruhoniylari qayerda  mahalliy munozara va muammolarni hal qilishgan.

Dodgoh (muqaddas olov yoniq turadigan xona)da

300

Gavaxgiran qanday marosim

toʼy marosimi

300

 Zardushtiylik talimotiga ko'ra Dafnning bir kishi tomonidan amalga oshirilishi katta gunoh hisoblanadi. Noiloj vaqtda "kimning" ko'magidan foydalanish mumkin

Itning

400

Sog'did marosimi nima uchun o'tkaziladi?

It yordamida odamdan devlarni quvish va poklash uchun

Marosim xushsiz odamlarni tirik yoki oʼlik ekanini aniqlashda ham oʼtkazilgan.

400

Musulmonlarda mayyitni g'usul qildirishadi. Zardushtiylarda ham shunga o'xshsh marosim bo'lib u nima deb ataladi

Podyob (oʼlikni toʼliq yuvish) marosimi

400

Marosimning oʼlimdan keyingi hayot uchun foydali ekani uqtirilgan holda, har bir dindorga umri davomida bir marta boʼlsa–da, tavsiya qilinadi. Qaysi marosim haqida gap ketmoqda

Barashnum

400

Yasna (Yasnaning oʼqilishi) marosimi qay tarzda o'tkaziladi?

muqaddas olov oldida Mobadlar tomonidan amalga oshirilib, unda dron (maxsus tayyorlangan non) va xum (xaoma, maxsus tayyorlanadigan ichimlik) ishtirokchilarga tarqatiladi.

400

"nasusa"lar kimlar

(qutiga koʼmuvchilar)lar. Dafn marosimida ishtirok etuvchi ijtimoiy tabaqa vakillari

500

Zardushtiylik marosimlarida har kim amal qilishi lozim boʼlgan shart amallarni sanag

barcha marosimlarni diniy malakaga ega erkak kishigina amalga oshirishi mumkin,

ishtirokchilar pok holda, Sadre, Kushti va bosh kiyimda boʼlishi, ayollar esa sochlarini roʼmol bilan berkitishi, 

ishtirokchilar tik turgan holda olovga yuzlanib, 

ibodatlar avesta yoki pahlaviy tilida olib borilishi taʼminlanadi. 

Marosimda dinsiz yoki boshqa din vakilining ishtiroki xosiyatsiz hisoblanadi

500

Zardushtiylarning kunlik Gohi deb nolanuvchi ibodatlarini izohlab bering

Xavan goh (tongdan peshingacha)

Rapitvin goh (peshindan soʼng),

Uzarin goh (kun botishdan oldin),

Аivisrutrim goh (kun botgandan soʼng), 

Ushaxin goh (yarim kechadan tongacha)

500

Zardushtiylikni qabul qilayotgan shaxs qanday amallarni bajarishi talab etilgan?

1 dinning arkonlarini tan olib, Fravan duosini oʼqishi, Sadre va Kushtini taqishi lozim.

2 Dinni qabul qilish odatda oʼsmirlik vaqtidan boshlanadi.

3 Zardushtiylikni qabul qilayotgan vaqtda kishi xushyor va ogʼir gunohlarni qilmagan holda boʼlishi lozim.

500

Barashnum qanday marosim

Jasadni koʼtargan va yuvgan kishilar (oʼlikka tegib ketgan va ogʼir gunohlar qilgan kishilarni poklash) uzoq vaqt davom etadigan marosim boʼlib, u itlar yordamida amalgaoshiriladi.

500

RUHONIYLAR IERARXIYASINI Zardushtiylik diniy strukturasida Eron Mobadlari kengashi (Аnjumani mogʼone Iron)

tarkibiy qismini sanab bering

1 Ratu (zardushtiylikning himoyachisi, masʼum mobad), 

2 Mobadan Mobad (mobadlarning mobadi), 

3 Sar–Mobad (yoki pahlaviycha, Bozorg dastur, mobadlarning sardori, katta mobad),

4 Dastur (koʼrsatma beruvchi, yetakchi mobad),

5 Mobad (oʼrta maqomli mobad), 

6 Xirbad (quyi maqomdagi mobad) va 

7 Mobadyor (mobad oilasidan boʼlmagan ruhoniy).