2018-yil holatiga ko‘ra O‘zbekistonni nechta davlat tan olgan?
180 ga yaqin
Qachon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev AQShda bo‘lib, BMTning 72-sessiyasida nutq so’zladi?
2017 yil 19 sentyabrda
2018 yil holatiga ko‘ra O‘zbekistonni 180 ga yaqin davlat tan olgan. Ularning nechtasi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan?
141 tasi bilan
Toshkentda nechta davlatning elchixonalari faoliyat yuritmoqda?
45 ta davlatni
O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida Toshkentda ilk bor qachon do‘stlik hamkorlik va o‘zaro yordam haqida shartnoma imzolangan
1992 yil 29-sentyabrda
Toshkent shahrida 10 gektar maydonni egallagan Ashgabat saylgohi ochilib, unda Turkmaniston ramzi bo‘lgan qanday haykallari o‘rnatildi.
Axalteki otlarining
Kim Samarqand shahrida o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqida “Bizning mintaqamiz xalqlarini ming yillik qardoshlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari bog‘lab turadi. Bizni tarix, din, umumiy madaniyat va an’analar birlashtiradi”, deb ta’kidladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
2020 yil 23-sentabrda BMTning 75-sessiyasida SH.M.Mirziyoyev nutq so’zladi Buni boshqa nutqlardan farqi nimada edi?
O’zbek tilida ekanligi
Tashqi siyosat birinchi tamoyillari qaysilar?
davlatlarning suveren tengligi va chegaralar dahsizligini hurmat qilish; boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish;
Tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik; davlat milliy manfaatlarining ustunligi;qanday tamoyillar hisoblanadi?
Tashqi siyosat tamoyillari
Qachon Minskda – Rossiya, Ukraina va Belarus rahbarlarining uchrashuvida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) ni tuzish to‘g‘risida shartnoma imzoladilar?
1991 yil 8-dekabrda
1996 yil 21-iyunda O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi qanday bitim mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi bilan o‘zaro munosabatlarining huquqiy negiziga aylandi.
“Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim”
2002 yil 28-fevral kuni Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Muzokaralarning yakunlari bo‘yicha prezidentlar Markaziy Osiyo Hamkorlik (MOH) tashkilotini ta’sis etish to‘g‘risidagi shartnomani imzolaydilar. Tashkilotning raisi etib kim saylandi?
I.A.Karimov saylanadi.
2017 yil 23-24 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi birinchi Prezidenti N.Nazarboyev taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasida bo‘ldi. Uchrashuvda qanday masalalar hal qilindi?
Afg‘oniston muammosi, uni tinch yo‘l bilan hal etish zarurligi, transchegaraviy daryolar suvlaridan oqilona foydalanisjh, siyosiy savdo-sotiq masalalari muhokama qilindi.
2017 yil 23-24 aprel kunlari Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Uchrashuvda ikki mamalakat o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi
Savdo uylari ochish, ishbilarmonlar kengashi tashkil etish, transport, tranzit, qishloq xo‘jaligi, fan texnika, sport va boshqa sohalarga doir 17 ta hujjat imzolandi.
O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan ikki tomonlama munosabatlariilk bor qachon imzolangan O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma asosida mustahkamlanib bormoqda?
1992 yil 24-iyunda
Qachon Toshkentda BMT ning vakolatxonasi ochildi va ish boshladi?
1993-yil 24-oktabrda
Xorijiy mamlakatlarda va xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining nechta diplomatik va konsullik vakolatxonalari mavjud?
47 ta diplomatik va konsullik vakolatxonalari mavjud.
Mamlakatimiz birinchi Prezidenti l.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining qachon bo‘lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda ma'ruzasi O‘zbekistonni jahonga ko‘hna va yosh navqiron davlat sifatida namoyon etdi?
1993-yil 27-sentabrda bo‘lgan
O’zbekiston 1992- yil 2- martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot qaysi tashkilotga qabul qilindi?
Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi.