Adolatli roviyning ishonchli deb topilishi un qo’yilgan talablar?
kishining musulmon, balogʻatga yetgan, aqli raso va muruvvatli, taqvodor boʻlishi hamda fosiq boʻlmasligini taqozo qiladi.
Adolatli kishiga nechta shart qo’yiladi?
5
Bid’atchining hadisi olinadimi?
Agar bidʼat insonni dindan chiqishiga sabab boʻlsa, uning rivoyatlari qabul qilinmaydi. Bidʼat roviynimusulmonlikdan chiqarmaydigan boʻlsa hamda unga boshqalarni daʼvat qilmasa, uning rivoyatlari qabul qilinadi.
Zabt nima?
Bir narsani ushlab qolish
Zabt jumhur ulamolar nazdida?
roviylarning hadisni mukammal egallagan boʻlishi, yaʼni uning sanadi va matniga oid barcha zaruriy bilimlarni bilishi, rivoyatni yozma yoki yodda saqlagan boʻlishi, istalgan vaqtda uni aniq va nuqsonlarsiz bir xil koʻrinishda ayta oladigan boʻlishini anglatadi.
roviyning adolati haqidagi guvohlikka nechta odam kerak?
Baʼzi olimlar ikki nafar adolatli kishi boshqa bir kishi toʻgʻrisida “adolatli” deb guvohlik bersa, u “adl” hisoblanishini taʼkidlashgan.
Jumhur ulamolar esa, bir nafar adolatli roviyning xabari qabul qilinar ekan, uning guvohligi ham qabul qilinishi lozim, degan qarashni ilgari surishgan.
Fosiq tavba qilsa rivoyati qabul bo’ladimi?
Ha
Hadis to’qishda ayblangan kishi tavba qilsa rivoyati qabul qilinadimi?
Yo’q
Zabt nechi qism?
2
Zabtni 2 ta qismini ayting?
Zabt as sadr
Zabt al kitaba
Biror asilzoda, olim, hukmdor yoʻqki unda ayb boʻlmasa. Ammo, odamlar orasida ayblari zikr etilmaydigan, fazilatlari nuqsonlaridan koʻp boʻlgan kishilar borboʻlib, ularning nuqsonlari fazilatiga yoʻgʻriladi”, deb kim aytgan?
Said ibn Musayyab
Agar bir kishi menga Rasululloh (s.a.v.)dan hadis aytsa, unga qasam ichtirardim. Abu Bakr menga hadis aytdi. Albatta Abu Bakr rostgoʻy (boʻlgani uchun undan qasam ichishni soʻramadim)”. Deb kim aytgan?
Ali ibn Abi Tolib
sahobiylarning barchasi adolatli hisoblansa-da, “adolat” va “zabt”da bir-birlaridan farqlanishini taʼkidlagan odam kim?
Imom Zahabiy
adolati, siqaligi va omonatdorligi bilan mashhur bo‘lgan muhaddis boshqa bir kishining tazkiyasi (taʼdili)ga muhtoj emas”, — deb kim aytgan?
X.Bag’dodiy
Men kabi kishidan Abu Ubayd haqida soʻraladimi?! Abu Ubayddan kishilar toʻgʻrisida soʻraladi”, deb kim aytgan?
Yahyo ibn Main
Muhaddislar roviylarning adolatini aniqlashning bir nechta yoʻllarini sanab oʻtishgan ular qaysilar?
roviyning adolati haqidagi guvohlik
roviyning ahli ilm orasida adolat sifati bilan mashhur boʻlishi.
kishining hadis talabi bilan mashgʻul boʻlishiuning adolatli ekaniga dalolat qiladi.
eʼtirof etilgan yirik ulamolarning bir kishidan rivoyat qilishi.
adolati, siqaligi va omonatdorligi bilan mashhur bo‘lgan muhaddis boshqa bir kishining tazkiyasi (taʼdili)ga muhtoj emas”, —bunday kishilarga misol keltiring?
Molik ibn Anas, Sufyon ibn Uyayna, Sufyon Savriy, Shuʼba, Abu Amr Avzoiy, Ahmad ibn Hanbal va Ali ibn Madiniy
Zabt as-sadr nima?
zabt as-sadr” roviyning xotirasi kuchli ekanini ifodalab, bunday roviy eshitgan rivoyatni xohlagan vaqtda aynan aytib bera olish malakasiga egaligini anglatadi. Zabtning ushbu turi rivoyatni yoddan aytib beruvchi kishi uchun shart qilinadi.
Zabt al kitoba nima?
“Zabt al-kitoba” esa, roviyning eshitgan narsasini xatolarsiz, ziyoda yoki nuqsonlarsiz qayd qilishi hamda saqlay olish malakasiga egaligini anglatadi.
Zabtga nechta shart qo’yilgan?
Zabtga 4 ta shart qoʻyilgan boʻlib, ular:
- roviyning sergak boʻlib, gʻaflatda qolmasligi;
- agar yodaki aytib bermoqchi boʻlsa, rivoyatni yoddan bilishi;
- kitobdan oʻqib bermoqchi boʻlsa, uni mukammal holda, ziyon-zahmatsiz saqlagan boʻlishi;
- maʼnoni rivoyat qilmoqchi boʻlsa, jumlaning maʼnosini chuqur anglashi.
Roviyning zabtini bilishda nimalarga ahamiyat beriladi?
uning rivoyatlari zabti kuchliligi bilan mashhur boʻlgan kishilarning rivoyatlariga muvofiq ekani tekshiriladi
roviyning yodaki rivoyatlarini uning kitobi bilan qiyoslash
Hadis sohibi 3 narsa: rostgoʻylik, yodlash va yozuvning toʻgʻriligidan behojat boʻla olmas. Agar unda 2tasi boʻlsa-yu, 1tasida xato qilsa ziyon koʻrmaydi. Agar rostgoʻylik va yozuvning toʻgʻriligi boʻlsa-yu, yod olmasa, toʻgʻri kitobga murojaat qiladi va zarar koʻrmaydi”, deb kim aytgan?
Marvon ibn Muhammad
Jarh va taʼdil hukmining oʻzaro ziddiyatli boʻlishi qanday omillar bilan bogʻliq?
:
- muhaddislarning roviyga nisbatan berilgan nuqsonlarni baholashdagi shaxsiy ijtihodi.
- hukm muallifi hisoblangan muhaddisning jarh va taʼdilga doir metodi
munkar” atamasini qachondan keyin yashagan muhaddislar zaif roviyning oʻzidan kuchli boʻlgan roviyga zid rivoyat qilishiga nisbatan ishlatishgan?
Hijriy 3
Ahmad ibn Hanbal munkarni nima degan?
fard rivoyat sohibi boʻlgan roviyga nisbatan ishlatgan.