tabiy madga qaysi madlar kiradi?
Badal, Evaz, Mad sila sug'ro, Tampkin mad
G'unna zamonlari
1. Noqis 2. Anqos 3. Komil (2 harakat) 4. Akmalmatakun( 3 harakat )
Idg'om shafaviya qoidasi va uning sharti. G'unna darajasi?
Sakinali MIM o'zidan keyin tashdidli MIMga uchrasa G'unnali Idg'om Mistayn Shafaviy qoidasi bo'ladi. Sharti: bir kalimaning ortida sakinali mim, keyingi kalimaning avvalida tashdidli MIM keladi. G'unna darajasi Akmalmatakun bo'ladi.
Alifning hukmlari va bazilarining arabiy nomlari.
1. Vaslali hamzaga kursiy vazifasida; 2. Qatiy hamzaga kursiy vazifasida; 3. Alif ustida yumaloq nol, YAY va VAV ham kursiy bo'ladi. O'qilmaydi. Sifrun Mustadirun deyiladi; 4. Sifrun Mustatilun. Alif ustida cho'zinchoq nol. Vaqfda o'qiladi. 2 harakat cho'ziladi. 5. Tanvin fatha doim alifni talab qiladi. Evaz mad. Vaslda o'qilmaydi. 6. Aliful tovilatun. Ustida belgi kelmagan Alif. Vaslda ham, vaqfda ham mavjud. 7. Aliful sog'iro, xanjariya, layniyax
Nechta harf doim tarqiq va doim tavxim o'qiladi? Tavhim harflar qaysilar?
19 ta harf doim tarqiq o'qiladi. 7 ta harf doim tavhim o'qiladi. HuSSoDoG'TinQiZ.
fariy madga qaysi madlar kiradi?
Muttasil, Munfasil, Mad sila kubro, Lozim mad,Oriz mad, Mad lin
Sukunli NUN idg'om qoidasi. Idg'om nima? Mushafda alomati qanday? Uning turlari.
Idg'om kirgizish degani. NUN yoki Tanvinni NUNI YARMALUN harflariga yo'liqsa. Fathali yoki Kasroli tanvin oldi qochdi bo'ladi, dommali tanvin 99 shaklida bo'ladi. 1. G'unnali idg'om- YAMNU; 2. G'unnasiz idg'om- LAM, RO;
G'unnali idg'om ham 2 turga bo'linadi: 1. Komil idg'om g'unnali-NUN harfi MIM va NUN tashdidli holatiga duch keladi; 2. Noqis idg'om g'unnali- NUN harfi harakatli YAY va VAV ga uchraydi, go'yoki tashdidli o'qiladi.
sakinali MIM BA ga uchrasa qanday qoida bo'ladi? Qanday o'qiladi? G'unna darajasi?
Ixfo shafaviy qoidasi bo'ladi. MIM ni BA ning mahrajiga yashiramiz. G'unna darajasi komil o'qiladi.
Nabr nima? Nechta holati bor? Istisno holatlari?
Nabr bir harfni yoki bo'g'inni boshqalardan kuchliroq, urg'u berib talaffuz qilishdir. 1. Tashdidli harfga vaqf qilinganda. 2. Tashdidli VAV va YAY ni talaffuz qilganda. 3. Mad harfidan tashdidli harfning birinchi harfiga o'tganda. 4.O'zidan oldin mad harfi yoki lin kelgan hamzaga to'xtalganda. 5. Ikkilik alifi va ko'plik VAV ikki sukunlik harfga yo'liqsa, yani vaslali hamzaga, shu Alif va VAV tushirib qoldirilganda ALIF va VAV birlik shakliga o'xshab qolmasligi uchun nabr beriladi. Istisno holatlari: Tashdidli MIM va NUN ga nabr berilmaydi sababi tashdidli bo'lganda akmal g'unna qilib talaffuz qilinadi. Tashdidli qalqala harfida to'xtash, sababi birinchisi biroz ushlanib, keyin ikkinchi harfning qalqalasi qilinadi.
Qaysi harflar oriziy qoidalarga uchraydi?
Lam, Alif, Ro goho tavhim goho tarqiq o'qiladi. Alif tavhim harfidan keyin yo'g'on o'qiladi, yani fatxasi "O" o'qilad. Lam faqat Alloh lafzi jalolasida o'zidan oldingi harfning harakati fatha yoki domma bo'lganda yo'g'on o'qiladi. Oldingi harf harakati kasro kelganda, ingichka o'qiladi. Lam yo'g'on o'qilganda tilning o'rtasi chuqurlashib, xalqum torayadi.
Mad zamonlari
1. Qosr 2. Fuvayqul qosr 3. Tavassut 4. Fuvayqut tavassut. 5. Tul
IXFodagi 5 ta xatoliklar
1.sukunli NUN ni o'z mahrajidan talaffuz qilib qo'yish; 2. Yo'g'on harflarda ingichka, ingichka harflarda yo'g'on ixfo qilib qo'yish; 3. QOF va KAF dan tashqari 13 ta harfni dimog'dan g'unna qilib qo'yish; 4. NUN yoki tanvinni NUNidan oldingi harfni harakatini cho'zib qo'yish yoki g'unnaga almashtirib qo'yish; 5. Ixfo harflarini g'unna bilan talaffuz qilish; 6. Lablarni yopib qo'yish;
Qaysi qoidada MIM bildirib o'qiladi? Mushafda ko'rinishi? Qaysi harflarga kuchli izxor qilinadi? Sabab? G'unna darajasi?
Izhor shafaviya qoidasida MIMni bildirib oqimiz. Sukunli MIM dan keyin MIM va BA dan tashqari 26 harfdan biri uchrasa ixhor Shafaviya qoidasi bo'ladi. MIM sukunli 26 harfdan biri harakatli keladi. Sukunli MIM o'zidan keyin FA va VAV harflariga uchrasa, ixfo qilinmaydi, kuchli ixfo qilinadi, sababi MIM ning mahraji VAV ning mahraji bilan bir hil, FAnikiga yaqin, u ixfoga moil. Bir yoki ikki kalimada kelishi mumkin. G'unna darajasi noqis.
29 ta sura boshida keladigan harflar nima? Lug'aviy ma'nosi nima? Ular nechta? Ular nechta qismga bo'linadi?
Muqottoat harflari. Lug'aviy ma'nosi uzilgan deyiladi. Ular 14 ta. 4 qismga bo'linadi. 1. Alifda mad yo'q. 2. Xayyuntoxuro- bu harflarning ikkinchisi tabiy mad bo'ladi. 3. SANAQUSSLAKUM- har biri 3 ta harf holatida talaffuz qilinadi. O'rtasida mad harfi bo'ladi va u 6 harakat miqdorida cho'ziladi.4. AYN harfi. 3 ta harf holatida talaffuz qilinadi. 4 yoki 6 harakat cho'ziladi va LIN madi bo'ladi.
RO nechta holatlarda tarqiq o'qiladi? Bunday harflarning yana boshqa nomi nima?
1. Ro kasroli bo'lsa; 2. RO sukun, oldi kasro bo'lsa, kasrosi asliy bo'lsa va ortidan iste'lo harfi kelmasa;3. Ro sukunli, oldingi harf iste'elo bo'lmagan sukunli harf bo'lib, undan oldin kasroli harf bo'lganda; 4. Ro sukunli, oldingi harf YA kelganda. Bunday harflar Muroqqoqo ham deyiladi.
Mad darajalari
1. Lozim 2. Muttasil 3. Oriz mad 4. Munfasil. 5. Badal mad
IXFO qoidasi. Nechta harfga tarqiq ixfo va nechta harfga tavhim ixfo qilinadi? 1. qaysi harflarda o'zgacha ixfo bo'ladi? Nega? Ixfo darajalari qaysilar: 1. qaysi harflarda kuchli ixfo qilinadi? Sabab? U qanday harflar deyiladi? 2. Qaysi harflarga kuchsiz ixfo qilinadi? Qaysilarida o'rtacha ixfo qilinadi?
Ixfo -lug'atda yashirish, sukunli NUN va istelohda Tanvinni NUNini 6 ta xalqum harflaridan tashqari, 6 ta YARMALUN dan tashqari, BA dan tashqari 15 ta harfning mahrajiga yashirish deganidir. 10 ta harf tarqiq 5 ta harf tavhim ixfo bo'ladi. QOF va KAF da o'zgacha ixfo, chunki tovush ustunligi 100% dimog'dan chiqadi. Birinchi daraja TA, DAL,TOga kuchli ixfo, chunki mahraji NUNga yaqin. Bu harflarni JANAQIY harflari deyiladi. Ikkinchi daraja QOF va KAF ga kuchsiz ixfo, chunki mahraji NUNdan uzoq. Qolgan harflarda o'rtacha ixfo bo'ladi.
Izhor shafaviyadagi 6 ta xatolik
1. Sukunli MIMni g'unna dsarajasini ortiq qilish;
2. MIM ni tebratib qo'yish; 3. Sakata qilib qo'yish; 4. G'unna miqdorini kamaytirib qo'yish; 5. MIMni FA yoki VAVga ixfo qilish; 6. MIM ni ixfo qilishga ikki lab orasini kattaroq ochiq joy qoldirish.
Qaysi holatlarda 2 sukunli harfni bir kalimada jamlash durust?
1) 2 sukunli harfdan 2 chisi mad yoki lin harfi bo'lsa; AYN; NUUN
2) 2 ta sukunli harfdan ikkinchisining sukuni oriz sukun bo'lsa; ARROHIIM;
RO ni tavhim va tarqiq o'qish joiz bo'lgan o'rinlarni ayting.
1. Ro sukun, oldi kasroli, undan keyin kasroli iste'lo harfi kelganda . Masalan, FIRQIN - bu holatda tarqiq o'qiladi.2. RO sukunli , oldi sukunli iste'lo harfi, undan oldin kasroli harf kelganda va sukun bilan to'xtalganda.
Mad lozim va uning turlari
Mad yoki Lin harfidan keyin lozim sukunli harf kelsa Lozim mad deyiladi. 1) Lozim mad harfiy ( harfiy musaqqol, harfiy muxaffof) 2) Mad lozim kalmiy ( kalmiy kalmiy, kalmiy muxaffof)
Sukunli NUN idg'om qoidasida qaysi yo'liquvchi bo'ladi va nechanchi holati va qaysi harflarga uchraganda? Mushafda ko'rinishi?
Mutaqoribayn- mahraji ham sifati ham bir biriga yaqin ketma-ket kelgan ikkita harf. Birinchisi o'qilmaydi, ikkinchisi tashdidli o'qiladi. 4 chi holatida Sakinali NUN yoki Tanvinni NUNi LAMYARU harflariga uchraydi.
NUN xalqum harflaridan tashqari qaysi holatda izhor o'qiladi.
Sukunli NUN va YARMALUN harflari bir kalimada kelsa idg'om vojib bo'lmaydi, izhor o'qiladi. SINVANUN, QINVANUN,BUNYANUN,ADDUNYA. BU kalimalarni izxorul mutloq deyiladi.
Ikki so'zda ikki sukunli harfning bir biriga yo'liqishining qoidasi
Arab tilida ikki so'zdagi 2 ta sukunli harf jam qilinmaydi. Lekin shunday holat uchrab qolsa, unda ikki yo'lning biri bilan halos bo'linadi.1. 1 chi sukunli harf mad harfi bo'lsa, uni tushirib qoldirish bilan; 2. 1 chi sukunli harf saxix harf yoki lin harfi yoki tanvinli bo'lsa, unga harakat berish bilan ( ko'p holatda kasro harakati qo'shiladi)
RO necha holatda tavhim o'qiladi? Uning yana bir nomi nima?
8 holatda. 1. RO fathali. 2. RO sukun, oldi fatha. 3. Ro sukun, oldi YAY bo'lmagan sukunli harf, undan oldin fathali harf. 4. RO dommali. 5. RO sukunli, oldi sukunli. 6. RO sukunli, oldi sukunli, undan oldin dommali harf bo'lsa. 7. RO sukunli , oldingi harfning kasrosi talaffuzda yoki taqdirda oriziy bo'lganda. 8. RO sukunli, oldi kasroli, undan keyin shu kalimada kasrosiz iste'lo harfi bo'lganda. Bunday harflar Mufaxxoma deyiladi.