Gapdagi barcha otlarni toping:
“Yosh rassom ko‘rgazmada chiroyli suratlar chizdi.”
rassom, ko‘rgazma, suratlar
Gapdagi sifatni toping:
“Oq qor yog‘moqda.”
Oq
Gapdagi sonni toping va turini aniqlang:
“Yettinchi qatordagi besh o‘quvchi musobaqada qatnashdi.”
Gapdagi ravishni toping va turini aniqlang:
“Bugun o‘quvchilar juda faol qatnashdi.”
Gapdagi fe’lni toping va qaysi zamonda qo‘llanganini aniqlang:
“Yosh sportchi ertaga musobaqada qatnashadi.”
Gapdagi nechta ot qatnashgan?
“Bog‘dagi qushlar baland daraxtlarga qo‘ndi.”
bog‘, qushlar, daraxtlar
Gapdagi sifat va otlarni ajrating:
“Katta bino uzoqdan ko‘rindi.”
Sifat → katta
Ot → bino
Gapdagi son qaysi otga bog‘langanini aniqlang:
“Uchinchi guruh yigirma ikkita savolga javob berdi.”
Gapdagi ravishlar qaysi fe'lga bog'langanini aniqlang:
“Kecha sportchilar nihoyatda tez yugurdi.”
Gapdagi fe’l qaysi so‘z bilan bog‘langanini aniqlang:
“Aqlli o‘quvchi kecha insho yozdi.”
yozdi → o‘quvchi bilan bog‘langan
Gapdagi otlarning vazifasini aniqlang:
“Sportchi stadionda mashq qildi.”
sportchi → shaxs oti
stadion → joy oti
Gapdagi sifatlarni toping va qaysi otga bog‘langanini aniqlang:
“Chaqqon va aqlli o‘quvchi qiziqarli kitobni tez o‘qidi.”
Gapdagi barcha so‘z turkumlarini aniqlang, faqat sonlarga alohida izoh bering:
“Kecha birinchi qatordagi to‘rt aqlli o‘quvchi juda faol qatnashdi.”
Gapdagi qaysi so'z ravish paytida kelganini aniqlang:
“Chiroyli qiz chiroyli yozdi.”
chiroyli yozdi
Gapdagi barcha so‘z turkumlarini aniqlang, fe’llarga alohida izoh bering:
“Bugun ikki yosh sportchi juda tez yugurdi va kuldi.”
Gapdagi barcha OTlarni toping va ularning qaysi turga kirishini aniqlang:
“Kecha uch aqlli o‘quvchi yangi kutubxonada kitob o‘qidi.”
o‘quvchi → shaxs oti
kutubxona → joy oti
kitob → narsa oti
Gapdagi barcha sifatlarni toping va qaysi otga bog‘langanini ayting:
“Yangi aqlli o‘quvchi qiziqarli kitob sotib oldi.”
yangi → o‘quvchi
aqlli → o‘quvchi
qiziqarli → kitob
Shunday gap tuzing:
“Bugun birinchi va uchinchi guruhdagi besh aqlli o‘quvchi ikki savolga javob berdi.”
Gapdagi barcha ravishlarni toping va turlarini aniqlang:
“Ertaga ikki aqlli o'quvchi juda sekin gapiradi.”
Gapdagi fe’llarni toping va tuzilishiga ko‘ra qaysi biriga kirishini aniqlang
“Qushlar uchib ketdi va bolalar kulib yubordi.”
Shunday gap tuzing:
“Uch aqlli o‘quvchi katta kutubxonada juda sekin kitob o‘qidi va yozdi.”
Shunday gap tuzing:bir xil so‘z ham sifat,ham ravish vazifasida qatnashsin.
Masalan:
“Tez bola tez yugurdi.”
1-tez → sifat
2-tez → ravish
Gapdagi sonlarni toping, turini aniqlang va qaysi so‘zga bog‘langanini yozing:
“Musobaqaning ikkinchi bosqichida o‘n besh nafar o‘quvchi birinchi o‘rin uchun kurashdi.”
Gapdagi barcha so'z turkumlarini aniqlang va ravishlarning qaysi so'zga bog'langanini yozing:
“Kecha yosh sportchi nihoyatda tez yugurib g'olib bo'ldi.”
Shunday gap tuzing:
Masalan:
“Kecha aqlli o‘quvchi juda tez yugurdi, bugun mashq qilmoqda va ertaga musobaqada qatnashadi.”