Savdo xizmatlari nima?
Xaridorlarga tovarlarni sotish va xarid qilish jarayonida koʻrsatiladigan xizmatlar.
Xizmatlar sifati nima
Xizmatning xaridor talablariga mos kelish darajasi.
Xaridor kim?
Tovar yoki xizmatni sotib oluvchi shaxs.
Elektron savdo nima?
Internet orqali tovar va xizmatlarni sotish hamda sotib olish.
Savdo korxonasi nima?
Tovarlarni sotish va savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik subyekti.
Savdo xizmatlarini asosiy maqsadi nima?
Xaridorlar ehtiyojini qondirish va ularga qulaylik yaratish
Xizmat sifatiga tasir qiluvchi 2ta omil qaysi?
Xodimlarning muomilasi va xizmat koʻrsatish tezligi
Xaridorlar qoniqishi nima?
Xaridorning tovar yoki xizmatdan mamnunlik darajasi.
QR-kod orqali to‘lov qilish qanday to‘lov turiga kiradi?
Naqd pulsiz elektron to‘lov turiga.
Savdo tushumi nima?
Tovarlarni sotishdan tushgan jami pul mablag‘lari.
Savdoning qanday shakllari mavjud?
Chakana va ulgurji savdo
Savdo xizmatlari sifatini qanday baholash mumkin
Soʻrovnoma, kuzatish va xaridorlar fikrini oʻrganish orqali.
Xaridorlar bilan muomala qilishda nimalarga e’tibor berish kerak?
Xushmuomalalik, hurmat va xaridorni diqqat bilan tinglashga.
Kassaning savdo jarayonidagi vazifasi nima?
Xaridlar qiymatini hisoblash va to‘lovlarni qabul qilish.
Foyda qanday aniqlanadi?
Daromad va xarajatlar o‘rtasidagi ijobiy farq orqali.
Chakana savdo nima?
Tovarlarni bevosita iste’molchilarga shaxsiy foydalanish uchun sotish
Xizmat sifatini oshirish uchun nima qilish kerak?
Xodimlarni o‘qitish, xizmat tezligini oshirish va xaridorlar talabini o‘rganish
Mijozlarning shikoyatlari qanday hal qilinadi?
Shikoyatni tinglash, muammoni o‘rganish va qonuniy yechim taklif qilish orqali.
O‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish nima?
Xaridor tovarlarni mustaqil tanlaydigan savdo shakli.
Savdoda raqobat nima?
Korxonalarning xaridorlarni jalb qilish va bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlash uchun kurashidir.
Ulgurji savdo nima?
Tovarlarni katta miqdorda boshqa savdo korxonalariga yoki tadbirkorlarga sotish.
Xizmat sifati past bo‘lsa, korxonada qanday muammolar yuzaga keladi?
Xaridorlar kamayishi, shikoyatlar ko‘payishi va daromad pasayishi mumkin.
Doimiy xaridorlarni ko‘paytirish uchun qanday usullardan foydalaniladi?
Sifatli xizmat, chegirmalar, bonuslar va mijozlarga individual yondashuvdan.
Raqamli texnologiyalar savdo samaradorligini qanday oshiradi?
Hisob-kitoblarni tezlashtiradi, xatolarni kamaytiradi va savdoni boshqarishni osonlashtiradi.
Savdo korxonasi daromadini oshirishning uchta yo‘lini ayting.
Savdo hajmini oshirish, xizmat sifatini yaxshilash va xarajatlarni samarali boshqarish