Blokcheyn nima?
Blokcheyn — bu ma'lumotlarni markaziy serversiz, o'zaro bog'langan bloklarda saqlaydigan taqsimlangan hisob reyestr (ledger) texnologiyadir.
Fond bozori nima?
Fond bozori — bu qimmatli qog'ozlar (aksiya, obligatsiya, derivativlar va boshqalar) oldi-sotdisi amalga oshiriladigan moliyaviy bozor turidir.
Big Data nima?
Big Data — bu katta hajmdagi, tez o'suvchi va murakkab tuzilishga ega bo'lgan ma'lumotlar majmuasi , ularni an'anaviy usullar bilan tahlil qilish qiyin.
Elektron savdo (e-commerce) deganda nima tushuniladi?
Elektron savdo — tovar va xizmatlarni internet orqali sotish va xarid qilish jarayonidir.
Agent Jonninglish” filmining reklama afishalarida bosh qahramonni ko'rsatuvchi uchta ta'rif berilgan.Dastlabki ikkitasi hamma bosh qahramonlarga siyqasi chiqqan ta'rif: u qo'rquvni bilmaydi, u arazlash (xafa bo'lish) nima bilmaydi.
Diqqat savol: Bosh qahramon rolini Rouen Atkinson ijro etganligini olib, 3-tarifni toping?
.U hech narsani bilmaydi
Blokcheynda markaziy nazorat organi mavjudmi?
Yo'q, blokcheyn markazlashmagan (decentralizatsiyalashgan) tizim bo'lib, unda bitta nazorat markazi mavjud emas. Har bir ishtirokchi tarmoqning bir qismi.
Aksiya egasi qanday huquqlarga ega?
Aqsiya egasi huquqlarga ega:
Dividend olish,
Korxona boshqaruvida ishtirok etish (ovoz berish),
Korxona tugatilganda mulkdan ulush olish.
Moliya bozorida Big Data nima uchun ishlatiladi?
Moliyada Big Data investitsiya qarorlarini qabul qilish, risklarni baholash, firibgarlikni aniqlash va bozor tendentsiyalarini prognoz qilish uchun ishlatiladi
Machine Learning (mashinali o'qitish) nima?
Machine Learning — bu kompyuter tizimlariga ma'lumotlardan o'rganish va tajriba asosida natijalarni yaxshilash imkonini beruvchi sun'iy intellekt sohasidir.
Bundan sakkiz asr muqaddam Neglinnaya daryosining Moskva daryosiga quyilish joyida, tik yonbag'irli tepalikda rus knyazi Yuriy Dolgorukiy buyrug'i bilan kichik yog'och qal'a quriladi. O'sha davrlarda Rusda bunday kichik qal'a-shaharchalar ko'p bo'lgan. Aynan mana shu shaharcha va ana shu qal'a shonli va buyuk tarixga ega bo'lishi o'sha paytlarda hech kimning hayoliga kelmagan
Diqqat savol: U qal'a-shaharcha qanday nomlanadi?
Kreml
“Smart-kontrakt” nima?
Smart-kontrakt — bu avtomatik bajariladigan hisoblash bo'lib, shart bajarilganda tizim inson aralashuvisiz tranzaksiyani amalga oshiradi.
Fond bozori ishtirokchilari kimlar? Kamida 4-5ta
Emitentlar (aksiya/obligatsiyalar),
Investorlar (xaridorlar),
Broker va dilerlar,
Fond Birjasi,
Regulyator (nazorat organi).
Moliya bozorida Big Data tahlili qanday afzalliklar beradi?
Big Data tahlili afzalliklarni beradi:
Bozor o'zgarishlarini tez aniqlash ,
Investor xatti harakatlarini tahlil qilish,
Risklarni kamaytirish
Yangi biznes strategiyalar ishlab chiqish.
AI yordamida tavsiya tizimlari (recommendation systems) qanday ishlaydi?
Tavsiya tizimlari foydalanuvchining avvalgi xaridlari, qidiruv tarixi va o'xshash foydalanuvchilarning xatti harakatlarnini tahlil qilib, unga shaxsiylashtirilgan mahsulot yoki xizmat tavsiya qiladi.
Shvetsiya kochalarida transportlar 1967 yil 3-sentyabr kuni 10 daqiqaga tõxtatib turildi. Keyin yana xarakat davom etadi
.Diqqat savol: 1967 yil Shvetsiyа kõchаlаridа nimа sоdir bõlgаn ?
.Butun Shvetsiyа buyichа trаnspоrtlаr hаrаkаti õng tоmоngа õtdi .Yа’ni rul õng tоmоngа õtаdi vа õz-õzidаn xаrаkаtlаnish hаm õzgаrаdi
Konsensus mexanizmi nima va uning vazifasi nimadan iborat?
Konsensus mexanizmi — bu tarmoq ishtirokchilari o'rtasida bloklarning haqiqiyligi va to'g'riligini tastiqlash jarayoni. U tizimini firibgarlikdan himoya qiladi va yagona haqiqatni belgilaydi.
Fond bozorida “kotirirovka” nima?
Kotirovka — bu qimmatli qog'ozlarning sotib olish (bid) va sotish (ask) narxlarini bildiruvchi qiymat bo'lib, u bozor talab va taklifi asosida shakllanadi.
Big Data tahlilida “real-time analytics” deganda nima tushuniladi?
“Real-time analytics” — bu ma'lumotlarni to'plangani zahoti tahlil qilish jarayoni bo'lib, u bozordagi o'zgarishlarga tezkor javob berish imkonini beradi.
Machine Learning yordamida elektron savdoda narxlarni dinamik boshqarish qanday amalga oshirish?
Tizim bozor talabini, raqobatchilar narxini, vaqt va sotuv tezligini tahlil qilib, real vaqt rejimida optimal narxni belgilaydi . Bu jarayon Dinamik narxlash modeli deb hisoblanadi.
Abdulla Oripovning shunday satrlari bor:Men ham yashayapman o'z zamonamda, Davrimdan qayga xam tushardim yiroq. Va lekin bilmadim mening qonimda Qaysi bir bobomning hislati ko'proq
.Diqqat savol: Yuqoridagi satrlarning mazmunidan kelib chiqqan holatda aytingchi, ushbu she’r qanday nomlanadi?
Genetika
Blokcheynning “trilemma” (uchlik muammosi) nimani anglatadi?
Blokcheyn trilemmasi — bu tizimda xavfsizlik (security), markazlashmaganlik (decentization) va shkala (scalability) ni bir vaqtning o'zida mukammal ta'minlashning murakkabligi.
Fundamental va texnik tahlil o'rtasidagi asosiy farq nimada?
Fundamental tahlil kompaniyaning moliyaviy holati , foyda , aktivlar, iqtisodiy sharoit kabi asosiy omillarni o'rganadi.
Texnik tahlil esa grafiklar, narx harakati va tendentsiyalar orqali bozor xatti-harakatini prognoz qiladi.
Big Data tahlilida “prediktiv analitika” nima va u moliya bozorida qanday rol o'ynaydi?
Prediktiv analitika — bu statistik modellar va sun'iy intellekt yordamida kelajakdagi voqealarni oldindan bashorat qilish usuli.
Moliya bozorida u aksiyalar narxi, risk darajasini va bozor tendensiyalarini prognoz qilish uchun ishlatiladi
Elektron savdoda “Natural Language Processing (NLP)” qanday vazifalarni bajaradi ?
NLP — bu mijozlarning yozma yoki og'zaki so'rovlarini tushunish va qayta ishlash texnalogiyasi . U chatbotlar, mijoz fikrlarini tahlil qilish (sentiment analysis) va avtomatik javob tizimlarida qo'llaniladi.
Chingiz Aytmatovdan ajoyib o'xshatish:
U oyoqlarim ostiga uzun poyandoz solganday, xira tortgan kuzgi yerlarni to'q qizil, binafsha va orqa rangga bezab, kiyilaverib uvadasi chiqib ketgan kamzulimning kumushrang tugmalarida olovday yolqinlanib, izg'irindan quvragan chiylarning popuklariga zeb berib turardi. Bu asarni Chingiz Aytmatov "Erta kelgan turnalar " asari uchun yozgan. Biz undan parcha keltirdik.
Diqqat savol: Bir necha so'z bilan bu holatni topib bering?
Quyoshning botish arafasi