Qat'iy om deganda nimani tushunasiz
umumiy hamma narsani olib, xoslash ehtimoli bo'lmaydi
Umumning turlari
xoslab bo'lmaydigan va xoslanadigan umum
Umumni xoslash turlari
- Sunna bilan xoslash.
- Ijmo bilan xoslash.
- Qiyos bilan xoslash
"Qur'on"ning istilohiy ma'nosi?
Qur'on Alloh taoloning Muhammad sollallohu alayhi vasallamga vahiy orqali nozil qilgan, tavotur ila naql qilingan, ibodatda o'qiladigan, ojiz qoldiruvchi kalomdir.
om so'zining lug'aviy va istilohiy ma'nosi
“Om” so‘zi lug‘atda “umumiy” degan ma’noni bildiradi. Istilohda esa, bir nechta shaxs va narsalarni umumlashtirgan holda “o‘z ichiga oluvchi” degan ma’noni anglatadi
“Va yo‘lga qodir bo‘lgan kishilar zimmasida Alloh uchun mana shu uyni haj-ziyorat qilish burchi bordir” (Oli Imron 97) usbu oyat omning qaysi turiga kiradi
maxsus om
“xos” so’zi lug’atda va istilohda
“Xos” so‘zi lug‘atda “alohida”, “maxsus”, “xususiy” degan ma’nolarni anglatadi. Istilohda esa, aniq bir ma’no yoki ma’lum bir atama uchun maxsus qo‘llanadigan so‘zdir.
Qur'oni karimni taqsimlanishi: Tivol, Mi'un, Masoniy va Mufassallar haqida ma'lumot bering
1. Tivol uzun suralar: Baqara, Oli Imron, Niso, Moida, An'om, A'rof, Tavba yoki Yunus
2. Miun oyatlar soni yuz va undan ko'proq bo'lgan suralar: Hud, Yusuf, Isro, Hijr
3. Masoniy- va'd va va'id oyatlari yonma-yon kelgan suralar: Ibrohim, Ankabut, Rum, Luqmon, Muhammaddan to Qofgacha
4. Mufassal- qisqa jamlovchi, orasi basmala bilan tez-tez uzilib turuvchi suralar: "Hujurot" surasidan "Nas"gacha
Qur'oni karimda omni ifodalovchi ya'ni har bir ma’nolaridagi so‘zlar yoki jamlovchi ismlar kelgan oyatlar misol ayting
Niso 176, Baqara 208
om va xos ilmi islom ilmlari ichidagi qaysi ilda ko'proq qo'llaniladi?
fiqh ilmida
Qur’onda omni ifodalovchi holatlar nechchi qismga bo‘linadi?
uch. “Kullu”, “jami’”, “koffa” kabi hamma, yoppasiga, barcha, har bir ma’nolaridagi so‘zlar yoki jamlovchi ismlar kelgan oyatlar. “Om” lafzidan “xos” narsa ko‘zda tutiladigan. Maxsus om
Makkiy va Madaniy suralarning alomatlari?
Makkiy suralar: Sajda oyati bor, anbiyolar va o'tgan ummatlarning qissasi kelgan, "Kalla" "Yaa ayyuhannas" so'zlari kelgan suralarning ba'zisi, Odam Ato va Shayton haqida kelgan qissalar(Baqara mustasno), muqottoat harflari kelgan oyatlari bor suralar, makkiy oyatlar odatda qisqa bo'ladi.
Madaniy suralar: Farz ibodatlar, munofiqlar ahli kitoblar bilan tortishuvlar bayon etilgan oyatlari bor suralar. Nasoro va yahudiylarga xitob va uzun-uzun oyatlari bor suralar.
Qur’oni karimda kelgan umumni xoslashning ba’zi turlarini etib o'ting
Istisno lafzi bilan xoslangan oyatlar, Biror narsa uchun boshqasining shart qilinishi, Sifat bilan, Ko‘pchilikning ichidan ba’zilarga xitob qilinishi
Moida surasining 3 va 96 oyatlarning umum va xoslikdagi ahamiyati nimada
Moida 3. O'limtik harom qilingan. 23-oyatda esa Olimtikdan dengiz baliqlari o'lib qolgan bo'lsada halol deyiladi umumiy o'limtikdan dengiz balig'i xoslab olingan
“Om” va “xos” ilmlarining muhim jihatlari
“Om” va “xos” ilmlarining yana bir muhim jihatlaridan biri – ayrim oyatlarning lafzi va mazmuniga ko‘ra, umumiy va xususiyga bo‘linishidir. Ba’zi oyatlar mazmuni, sababi nuzuliga ko‘ra muayyan voqeaga taalluqli bo‘lsada, ammo ular umumiy shaklda shu turdagi barcha holatga tatbiq etilishi mumkin.
Mutashobih sifatlar boʻyicha salaf va xalaflarning tutgan yoʻli haqida gapiring
Salaf ham, xalaf ham Alloh Subhanahu va taoloni shubhadan, ta'tildan, mutashobihning U Zotga toʻgʻri kelmaydigan sirtqi maʼnolaridan poklash kerakligiga ittifoq qiladilar. Ta'vil qilishda ixtilof bor: salaf uni man qiladi, xalaf ruxsat beradi
Istisno lafzi bilan xoslangan oyatlar
Nur 4-5 oyat. Ushbu oyatda zikr etilgan gunohni qilib, so‘ng gunohiga tavba qilganlar fosiq bo‘lmasligi istisno qilinmoqda.
Xoslab bo‘lmaydigan “umum”ga oyat misol keltiring
“Alloh barcha narsani bilguvchidir” (Hujurat surasi, 16 oyat).
“Parvardigoringiz hech kimga zulm qilmas” (Kahf surasi, 49 oyat).
“Sizlar uchun onalaringiz harom qilindi” (Niso surasi, 23 oyat).
“Va Alloh hamma narsaga qodirdir” (Baqara surasi, 20 oyat).
maxsus om turiga oyat keltiring
Baqara 187- Ushbu oyatdagi umumiy xitob xossatan ro‘zadorlarga qaratilgan.
Oli Imron 97- Bunda barchaga farz qilinishi emas, balki qodir bo‘lgan musulmonlarga farz qilingani nazarda tutilmoqda
Mutashobihning qismlari haqida gapirib bering
Mutashobih 3 qismga taqsimlanadi: (Qurʼon ilmlari kitobida)
1. Faqat lafz jihatdan mutashobih
2. Faqat ma'no jihatdan mutashobih
3.Ham lafz jihatidan, ham ma'no jihatdan mutashobih