“Bomdod namozining avvalgi vaqti subhi kozib chiqqan vaqti kiradi”. Shu jumla toʻgʻrimi?
Yoʻq.
Bomdod namozining avvalgi vaqti subhi sodiq chiqqan vaqti kiradi
Yozda peshin namozi kunni salqinlatib va qishda esa peshin namozini oldinroq oʻqish qanday amal hisoblanadi? (Farz, vojib, sunnat…)
Mustahab
Ilk tavof nima deyiladi
Tavoful qudum
Aljuhfa miyqodidan ehromga kimlar kiradi
Shom ahli
Agar bir necha namozlar qazo qilingan boʻlsa azon va iqomat qay tartibda aytiladi?
Birinchisiga azon va iqomat aytiladi
Tarviya kuni qaysi oyning nechinchi sanasida?
Zulhijja oyining 8-kuni
Agar kishi sajdada peshonaning oʻzini yoki burunning oʻzini yerga qoʻyish bilan cheklansa Abu Yusuf va Muhammad rahmatulloh alayhilarga koʻra joiz boʻladimi?
joiz emas faqat uzrli holatda mumkin deyishgan
لا يَقتلُ صيدا، ولا يُشير إليه، ولا يَدلُّ عليه
.Tarjima qiling
Ehromga kirgan kishi ovni (biron jonivorni) oʻldirmaydi, unga ishora ham qilmaydi, uni koʻrsatib ham qoʻymaydi.
Subhdan soʻng to quyosh koʻtarilib ketmagunicha va asrdan soʻng to quyosh botmaguncha qaysi namozlarni oʻqish makruhdir?
Nafl namozlar
Ifoza tavofi nima?
Oxirgi farz tavofi
Agar yosh bola ehrom kiygandan keyin balogʻatga yetsa yoki qul ehrom kiygandan keyin ozod qilinsa, har ikkisi ham haj amallarini bajarishda davom etishsa bu hajlari farz hajining oʻrniga oʻtadimi?
Yoʻq, oʻtmaydi
Muzdalifaga yetib kelganda “Miyqada” joylashgan qaysi togʻning yonida toʻxtash mustahabdir?
Quzah togʻi
Agar bir kishi arabchani bilsa ham namozga takbiri tahrimani forscha aytib kirishsa yoxud namozga forsiy qiroat qilsa yoki jonliq soʻyayotganda “bismillah”ni forscha aytsa Abu Hanifaga koʻra joiz boʻladimi? Abu Yusuf va Muhammadga koʻrachi?
Abu Hanifaga koʻra joiz, Abu Yusuf va Muhammadga koʻra faqat jonliq soʻyayotganda “bismillah”ni forscha aytish joiz.
Agar ehromdagi kishi ovni oʻldirishga majbur qilinsa va uni oʻldirsa, unga jazo vojib boʻladimi?
Vojib boʻladi
“Tungi nafl namozlarning sakkiz rakatini bir salom bilan oʻqish joiz, undan oshirsa makruh” bu qavl kimga tegishli?
Abu Hanifa
Qiron, Tamattu’ va Ifrod hajlari ichida afzal haj qaysi?
Qiron haji
Kimki yanglishib birinchi qa’dada o’tirmay turib ketsa va agar u qa’da holatiga yaqin turgan holatida boʻlsa yoki qiyomga yaqin holatda boʻlsa u qanday yoʻl tutadi
Qa’daga yaqin boʻlsa qaytib oʻtiradi va tashahhudni oʻqiydi.
Qiyomga yaqin holatda boʻlsa qa’daga qaytmaydi
Agar ehromga kirgan kishi (kech kelgani sababli) Makkaga kirmay Arafotga ketsa va u yerda tursa undan “Tavofi qudum”ning hukmi qanday?
Undan “Tavofi qudum” soqid boʻladi.
Ehromga kirgan kishi nimalarni kiyishi mumkin emas?
Koʻylak, ishton, salla va mahsi
لا يجوز ذبحُ الهدايا إلا في الحرم
.Tarjima qiling
Hadyani soʻyish joiz emas illo Haramda soʻyish joizdir.
يُستحبُّ الإسفارُ بالفجر
Masalani tushuntirib bering
Bomdod namozini kunni yorishtirib oʻqish mustahab sanaladi.
Agar ehromda boʻlmagan odam bir ovni ovlasa, soʻng ehromga kirsa soʻng uning qoʻlidan boshqa odam ov (hayvonini) qoʻyib yuborsa, u odam, Abu Hanifaga koʻra, Abu Yusuf va Muhammadlarga koʻra tovoni borasidagi qavl qanday?
Abu Hanifaga koʻra qoʻyib yuborgan odam tovon toʻlaydi
Abu Yusuf va Muhammadga koʻra tovonini toʻlamaydi
Haj yoki umra qilishni qasd qilgan kishi ehromsiz oʻtishi mumkin boʻlmagan miyqodlarni sanang.
Zulhulayfa, Zotu Irq, AlJuhfa, Qarnul Munazil, Yalamlam
Agar kishi oxirgi qa’dadan turib ketib qolgan boʻlsa, beshinchi rakatning sajdasini qilgan boʻlsa va qilmagan boʻlsa hukmi qanday boʻladi?
Sajda qilmagan boʻlsa qa’daga qaytadi.
Sajda qilgan boʻlsa farzi botil boʻladi.
المزدلفةُ كلُّها موقفٌ إلا بطنَ
Jumlani davom ettiring
مُحَسِّر