Audit nima?
Moliyaviy hisobotning ishonchliligini mustaqil baholash jarayoni.
Audit riski formulasi?
AR = IR × CR × DR
Audit dalili nima?
Auditor xulosasini asoslash uchun to‘plangan ma’lumot.
Auditorlik xulosasi nima?
Auditorning moliyaviy hisobot bo‘yicha fikri.
Undan qanchalik ko’p olaversangiz, u shunchalik kattalashib boraveradi. U nima?
Chuqur
Auditning asosiy maqsadi nima?
Moliyaviy hisobotlar haqiqiy va adolatli (true and fair view) taqdim etilganligini aniqlash.
Audit riski deganda nimani tushunasiz?
Auditor noto‘g‘ri moliyaviy hisobot bo‘yicha noto‘g‘ri xulosa berib qo‘yish ehtimoli.
Eng ishonchli audit dalili qaysi?
Tashqi manbadan olingan yozma tasdiq (masalan, bankdan tasdiq xati).
AXS 700 nimani belgilaydi?
Moliyaviy hisobot bo‘yicha fikr hosil qilish
Qaysi inson otni ham, filni ham hech bir qiyinchiliksiz ko’tarishga, ularni joyini o’zgartirishga qodir
shaxmatchi
Tashqi audit va ichki audit o‘rtasidagi farq nima?
Tashqi audit mustaqil auditor tomonidan amalga oshiriladi; ichki audit esa korxona ichida nazorat tizimini baholaydi.
Detection risk (DR) kim tomonidan boshqariladi?
Auditor tomonidan (audit protseduralari orqali kamaytiriladi).
Inventarizatsiyada auditor nima qiladi?
Kuzatadi va sanash jarayonida ishtirok etadi.
Modifikatsiyalangan xulosa qachon beriladi?
Muhim xato yoki dalil yetishmasa (AXS 705)
Shifokor bemorga 30 daqiqa oraliq bilan 3 ta ukol olishni belgiladi. Hamshira ukol qilishni soat 10:30 da boshlasa, bemor soat nechida ukollarni to’liq olib bo’ladi?
oat 11:30 da, birinchisi 10:30 da, ikkinchisi 11:00 da, uchinchisi esa 11:30 da.
Audit qanday tamoyillarga asoslanadi?
Mustaqillik, xolislik, maxfiylik, professional kompetentlik.
Kompaniyada ichki audit bo‘limi kuchli ishlaydi, lekin so‘nggi yilda yangi IT tizim joriy qilingan va xodimlar hali to‘liq o‘zlashtirmagan.Qaysi risk komponenti oshishi mumkin va auditor nima qilishi kerak?
Control risk oshishi mumkin (yangi tizim sababli xatolik ehtimoli yuqori)
Auditor qo‘shimcha testlar o‘tkazishi va detection riskni kamaytirishi kerak.
Agar rahbariyat auditor so‘ragan hujjatlarni kechiktirib taqdim etsa, auditor qanday xulosa chiqarishi mumkin?
Firibgarlik yoki yashirish ehtimoli mavjud.
Risk baholashni qayta ko‘rib chiqish kerak.
Qo‘shimcha audit protseduralari bajariladi (ISA 240).
Moliyaviy hisobot to‘g‘ri, lekin kompaniya sud jarayonida ishtirok etmoqda va bu kelajak faoliyatiga xavf tug‘diradi. Hisobotda bu ochiq yoritilgan.
Savol: Auditor qanday xulosa beradi
Ijobiy xulosa beradi,
lekin Emphasis of Matter paragrafi qo‘shadi.
(ISA 706)
O’rdaklar suv ichishga qator bo’lib ketayotgan edi. O’rdaklardan biri oldinga qarab, 17 ta boshni ko’rdi. Ortiga qarasa — 42 ta panja kelayotgan ekan. Jami nechta o’rdak suv ichishga ketmoqda?
Javob: 39 ta. Oldinda 17 ta o’rdak. Ortida esa 21 ta. Shuningdek boshini orqa-oldinga burgan o’rdakning o’zi ham.
ISA 200 standartiga ko‘ra auditorning umumiy maqsadi nima?
Moliyaviy hisobotda muhim xatolik yo‘qligi haqida asosli ishonch hosil qilish.
WorldCom (2002)
Vaziyat:
Kompaniya xarajatlarni kapital xarajat sifatida ko‘rsatib, foydani oshirib ko‘rsatgan (3,8 mlrd $). Auditor buni vaqtida aniqlay olmagan.
Savol:
Bu qaysi moliyaviy buzilish turi?
Auditor qaysi bosqichda xato qilgan?
Daromad va xarajatlarni noto‘g‘ri tasniflash (fraudulent financial reporting)
Riskni baholash va substantiv testlar bosqichida (ISA 315, ISA 330)
Auditor inventarizatsiya vaqtida omborga kirdi. Hisobotda 5 mlrd so‘mlik tovar ko‘rsatilgan, lekin ombor hajmi bu miqdorga shubha uyg‘otadi.
Savol:
Qaysi audit protsedurasi qo‘llanadi?
Qaysi risk yuzaga kelgan?
Kuzatish (observation) va qayta sanash (recalculation).
Overstatement riski (aktivlarni ortiqcha ko‘rsatish
Auditorlik xulosasi O‘zbekiston Respublikasining qaysi normativ hujjatida belgilangan?
O‘zbekiston Respublikasining Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 19-modda – Auditorlik xulosasi
Umida qog’ozga 86 sonini yozib, dugonasidan «ushbu sonni qog’ozda hech narsani o’chirmasdan, bo’yamasdan va chizmasdan 12 ga oshira olasanmi» deb so’radi.
Dugonasi buni eplay oldi. Qanday qilib?
Qog’ozni teskari qilish orqali, bunda 86 -> 98 ga aylanadi