Amir Temur Movoraunahr hukumdori
Amir Temur tashqi siyosati
Amir Temur jahon tarixida tutgan o`rni
Amir Temur markazlashgan davlat tuzish yo`lida
Amir Temur davlatida obodonlashtirish
100

Kim Temurga nog‘ora va bayroq, ya’ni hokimiyat, saltanat ramzlarini topshirib, uning buyuk kelajagi haqida bashorat qildi?

Mir Sayyid  Baraka 

100

Amir Temurni yevropada nima deb ulug`lashgan?

Yevropaning xaloskori

100

Grinlo Amir Temurga bag`ishlab qanday asar yozgan?

“Temur va uning saroyiga  oid xotiralar”

100

Amir Temurning 3 ustozini ayting?

Shayx Zayniddin Toyobodiy

Sayyid Kulol, 

Sayyid Baraka

100

Amir Temur tomonidan Ozarbayjondagi qaysi shaharda 12 ta bog‘ barpo etildi?

Mug'on

200

Qaysi voqea Amir Husayin va Amir Temur o`rtasidagi eng so‘nggi rishtaning ham uzilishiga olib keldi?

1366-yili Amir Temurning xotini, Husaynning singlisi O‘ljoy Turkon og‘oning to‘satdan vafot etishi ikki amir o‘rtasidagi eng so‘nggi rishtaning ham uzilishiga olib keldi

200

Amir Temur kimni Ispaniyaga elchi qilib yuboradi.

Muhammadqozini

200

Qachon italiyalik olim Perondinoning “Skifiyalik Tamerlanning ulug‘vorligi” asari bosilib chiqdi?

1533-yil

200

Eronga qilingan besh yillik yurish natijasida qaysi sulolaga barxam beriladi?

muzaffariylar sulolasiga

200

1378-yilda Sohibqiron Samarqandning g‘arbida kimga atab Bog‘i Behisht nomli bog' qurdirgan?

suyukli xotini Xayrunnisoga

300

1370-yilgi Qurultoyda Shiburg‘on hokimi kimdan tashqari barcha amir va qabila

boshliqlari Amir Temur hokimiyatini tan oldilar?

Zinda Chashm

300

1402-yilning bahorida dastlab Ispaniya elchilari Amir Temurning qayerdagi qarorgohiga yuborildi?

Kichik Osiyodagi

300

"Esdaliklar" asari qachon va qayerda nashir qilingan?

1582-yil Sevilyada

300

Balx, Shiburg‘on va  Bodhiz Amir Temur farmoni bilan kimga mulk qilib beriladi?

Mironshohga

300

1397-yilda Amir Temurning xotinlaridan biri Tukal xonim sharafiga qurilgan bog' nomini aniqlang?

Bog‘i Dilkusho.

400

Amir Temur davlatida kimlar “qo‘g‘irchoq” xonlar bo‘lib“ faolyat olib borgan?

Suyurg‘atmishxon va Sulton Mahmudxon

400

G‘arbda kim  “katolik oqimining homiysi” sifatida shuhrat qozondi?

Mironshoh

400

2014-yil 22-avgustda qaysi shahri “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlandi?

Termiz

400

Kimningning tug‘ilishi Mordin ahlini jazodan saqlab qolgan?

Mirzo Ulug`bekning

400

Temur qanday hunar yoki kasb bo‘lmasin, agar unda biron fazilat va foyda bo‘lsa, shu kasb egalariga g‘oyatda mehr qo‘yar edi. U munajjim u tabiblarni (o‘ziga) yaqin tutib, ularning gaplariga e’tibor qilar va so‘zlarini tinglardi...  ushbu fikirlar kim tomonidan aytilgan?

ibn Arabshoh

500

1372-yilda Amir Temurga nisbatan suiqasd qayerda ro`y berdi?

O‘tror yaqinidagi Qarosomon mavzeyida

500

“Yaqinda Jerar Valter va Marsel Brion Amir Temurni o‘zlarining “Asrlar yodgorligi” asarlariga qahramon qilib tanlashdi va Sohibqironni “XV asr taqdirini hal qilgan inson” deb atashdi” ushbu fikir kimga tegishli?

Lyusen Keren

500

Germaniyaning Potsdam shahridagi qirol Fridrix saroyida ham Sohibqironning surati osilgan turibdi. Bu zal “Amir Temur zali” deyiladi ushbu ma'lumot qaysi asardan olingan?

“Amir Temur – Turon sultoni” asaridan

500

Uch yillik yurish davrida Amir Temur qayerlarni bo‘ysundirdi?

Ozarbayjon, Mozandaron, G‘ilonni

500

Amir Temur tomonidan qayerdan  imoratsozlar va naqqoshlar olib kelindi?

Tabriz va Xorazmdan

M
e
n
u