Hijriy nechinchi asrning dastlabki o'n yilliklaridan ilk huquqiy maktablar yuzaga kela boshlagan?
Hijriy II asrning
Kufa va Basra (Iroq) ilk huquqiy maktabi negizida kim tomonidan qaysi mazhabga asos solindi?
Abu Hanifa tomonidan Hanafiy mazhabiga asos solingan.
Hijriy 150-yilda, milodiy 767-yili Falastinning G'azo shahrida tug'ilib hijriy 204-yil milodiy 820-yilda Misrda vafot etgan, yetti yoshida Qur'onni yod olgan, Banu Huzayl qabilasida 10 yil yashagan, hadislarni bir eshitishda yod olgan, Muslim ibn Xolid az-Zaniydan ilm o'rgangan , Fatvo berish darajasiga yetgan mujtahid kim va qaysi mazhab asoschisi?
Imom Shofeiy, Shofeiy mazhabi
Hijriy 93-yil milodiy 712-yilda tug'ilgan, hadis ilmida yetuk olim, Imom Avzo‘iy, imom Shofeiy, Yahyo ibn Sa’id larning ustozi hamda Muhammad (a.s.) dafn etilgan shaharda ulov minmayman degan kim edi va qaysi mazhab asoschisi?
Imom Abu Abdulloh Molik ibn Anas ibn Molik ibn Abi Omir al-Asbahiy
va Molikiy mazhabi asoschisi
Hijriy 164-yil milodiy 780-yilda Bag'dodda tug'ilgan, onalari Marvdan, otalari Saraxsdan bo'lgan, hijriy 241-yil milodiy 855-yilda Bag'dodda vafot etib "Mavzu al-harb" qabristoniga dafn etilgan Abu Hanifaning Abu Yusuf shogirdlaridan tahsil olgan, uch mingta hadis yozgan kim edi va qaysi mazhab asoschisi?
Imom Ahmad ibn Hanbal, Hanbaliy mazhabi
Ahli sunna val jamoaga tegishli bo'lgan ilk huquqiy maktablar nechta va ular qaysilar?
10 ta
1. Мадина ҳуқуқий мактаби,
2. Макка ҳуқуқий мактаби,
3. Басра ҳуқуқий мактаби,
4. Куфа ҳуқуқий мактаби,
5. Шом ҳуқуқий мактаби.
Hanafiylik fiqh fani ichida alohida maktab sifatida qachon shakllangan?
VIII asrning oxiri, IX asrning boshida.
Shofeiy usulida qaysi ikki yo‘nalish birlashgan?
“Ahl al-hadis” va “ahl ar-ra’y” hamda “qiyos” tarafdorlari ilmi.
Molikiy mazhabi IX-X asrlarda qaysi davlatda keng yoyilgan va g'arbda qaysi nom bilan atalgan?
Adalusiyada, g'arbda "Andalusiya mazhabi" nomi bilan ham tanilgan.
Imom Ahmadning hayoti qaysi oqim tarafdorlari davriga to'g'ri kelib qolgan va ularning aqidasi qanday edi?
Mu'taziliylik oqimi tarafdorlari davrida, ularning aqidasiga ko'ra "Qur'onni maxluq" deb atashgan.
Madina maktabi namoyandalaridan kamida uchtasini sanab bering!
Умар ибн Хаттоб, Али ибн Абу Толиб, Абдулло ибн Умар, Зайд ибн Собит, Саид ибн Мусаййиб, Зуҳрий, Яҳё ибн Саид
“Ikki imom” nomi bilan mashhur bo‘lgan olimlar kimlar?
Abu Yusuf va Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniy.
OMADINGIZ BOR EKAN
BONUS
Hozirda Molikiya mazhabi qayerlarda keng tarqalgan?
Afrika qit'asida, Marokash, Tunis, Jazoir va Liviya shaharlarida.
Hanbaliy mazhabiga ko'ra "Iymon" nima degan savolga qanday javob beriladi?
"Iymon qalb bilan tasdiqlash, til bilan iqror etish va badan bilan amal qilishdir"
Makka maktabi namoyandalaridan uchtasi kimlar edi?
Абдулло ибн Аббос, Суфён ибн Уяйна, Муслим ибн Холид.
IX asr boshlarida hanafiylikni Movarounnahrga olib kelgan shaxs kim?
Abu Hafs Ahmad ibn Hafs Kabir Buxoriy.
Imom Shofeiyning usulul-fiqh bo'yicha yozgan asari qaysi va bu asar nega qaysi ikki nom bilan ataladi?
"ar-Risola" asari, avval Bag'dodda yozilib so'ngra Misrda tugatilgani uchun ham ko'pchilk ulamolar o'zlarining adabiyotlarida "Yangi Risola" va "Eski Risola" deb ikki manba sifatida qayd qilganlar.
Fatvo beruvchida qaysi 7 shartlar topilishi kerak?
1. Islom
2. Aql
3. Balog'at
4. Adolat
5. Ijtihod
6. Fahm-farosatli bo'lmog'i
7. Fatonatli va uyg'oq bo'lmog'i
1) Nechinchi asrdan qaysi shaharda Hanbaliy mazhabi mustaqil mazhabga aylangan?
+
2) Imom Ahmadning Musnad kitobida nech hadisni o'z ichiga oladi ?
1) XII asrdan Saudiya Arabistonida (sababi IХ асрнинг 2-ярмида араб халифалигида муътазилийларнинг ва илоҳиёт соҳасидаги ҳурфикрлиликнинг таъқиб остига олиниши туфайли ҳанбалийлик таъсири бирмунча кенгайган)
2) 40 mingdan ko'proq hadisni
Shom maktabining vakili o'z mazhabining asoschisi kim edi?
Абдураҳмон Авзоъий
"Fatvo" so'zining lug'aviy va istilohiy ma'nolarini qanday?
"Fatvo" arabcha so'z bo'lib, "qiyin savolga javob berish", "shariat masalalari yuzasidan fatvo chiqarmoq", "maslahat bermoq", "muftiyning xulosasi" kabi ma'nolarni anglatadi.
Istilohda esa, so'ragan kishiga shar'iy dalil asosida hukmni bayon qilib berish Fatvo deyiladi.
Shofeiy kimlardan ilm o‘rgangan?
Molik ibn Anas, Muhammad ash-Shayboniy va Ahmad ibn Hanbaldan.
Fatvo beruvchining sifatlari qanday bo'ladi?
1. Fatvo beruvchi kishi, avvalo Qur'on ilmini yaxshi bilishi, hatto yodlagan bo'lishi kerak, chunki masalaga javob birinchi Qur'ondan olinadi.
2. Payg'ambar alayhissalotu vassalom hadislarini bilishi, ulamolarning fatvo kitoblarini o'qigan bo'lishi, ularda har bir masalada nima deyilganini bilishi lozim.
3. Eng muhim nuqtalardan biri zamonasini, uning urf-odatlarini, odamlarini ijtimoiy va boshqa jihatlarini bilishi zarur.
Fatvo so'rash odobi qanday? (kamida 3 tasini sanab bering)