Gipoteza turlari nimalardan iborat va misol keltiring
Oddiy , murakkab va alternativ
Huquq normasi nima?
Davlat tomonidan oʻrnatilgan yoki ma'qullangan , muayyan shaklda ifodalanadigan , ijtimoiy munosabatni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy xulq-atvor qoidasi
Kumulyativ sanksiyali nima degani
Huquq normalari oʻzida asosiy jazodan tashqari qoʻshimcha jazo berilishini ham nazarda tutadi.
Qaysi huquq normasida belgilangan qoida qay sharoitda va qay holatda hamda kim tomonidan amalga oshirilishi koʻrsatiladi?
Gipotezada
Ifodalash shakliga koʻra normalar qanday normalarga ajratiladi?
Vakolat beruvchi, majburlovchi , taqiqlovchi
Dispozitsiya xulq atvor qoidalaring bayon qilishning toʻlaligi boʻyicha nimalarga boʻlinadi?
Oddiy , murakkab , muqobil , tavsiflovchi , blanket , havola etuvchi dispozitsiyalarga
Huquq normasining asosiy belgilari nimalardan iborat?
Irodaviy xarakteri egaligi , normativligi, davlat bilan oʻzaro bogʻliqligi , umummajburiyligi , rasmiy va shaklan aniqlikka egaligi , tizimliligi
Bola , agar uning ota-onasi u tugʻilishi paytida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan boʻlsalar, bola qayerda tugʻilishidan qat'i nazar ,Oʻzbekiston fuqarosi boʻladi.
Savol:Huquq normasining qaysi elementiga oid ? Va qaysi turiga
Oddiy gipoteza
Definitiv normalar nima ?
Ular huquqiy kategoriya va tushunchalarning tavsifini oʻzida mujassamlashtiradi. Bulardan masalan, jinoyat qonunida -jinoyat ta'rifini , ma'muriy qonunda - ma'muriy huquqbuzarlik harakati ta'rifini, fuqarolik qonunida- bitimlarning ayrim turlari ta'rifini va hokazolarni koʻrsatish mumkin.
Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish usuli boʻyicha huquqiy normalarning turini aytib bering?
1-Dispotiv , 2-imperativ,3-ragʻbatlantiruvchi,4- tavsiya beruvchi normalar