Imom Shofi’iy arab tili va she’riyatini o‘rganish uchun qaysi badaviy qabila yonida yashagan?
Huzayl
Imom Shofi’iyning fiqh usullariga asos bo‘lgan va uning fikrini mustaqil qilgan kitobi qaysi?
Ar-Risala
Imom Shofi’iy qaysi fiqhiy usulni (manbani) rad etgan?
Istihsan
Imom Ahmadning onasi kim edi?
Safiyyah bint Maymunah bint Abdulla ibn Shaybon
Imom Ahmad imomat va xalifalik bobida nimani qattiq rad etgan?
Zolim imomga qarshi chiqishni
Imom Shofi’iy Imom Molikning yoniga borganida Imom Molik necha yoshda edi?
79 yosh
Imom Shofi’iy qachon Misr (Fustat)ga kelgan?
199 H
Shofi’iy Iroqqa birinchi bor tashrif buyurganida qaysi xalifaning hukmronligi davri edi?
Horun ar-Rashid
Imom Ahmadning ilk ustozi kim boʻlgan va Ahmad 183-yilda u vafot etguniga qadar uning majlisiga qatnashgan?
Hushaym ibn Bashir al-Vasitiy
Imom Ahmadning Musnadda to‘plagan hadislari soni qancha ekani aytiladi?
O‘ttiz ming hadis deyilgan
Imom Shofi’iy Makka Haramidagi halqasida ilm olgan hadis olimi kim edi?
Sufyon ibn Uyayna
"Ar-Risala" kitobini yozishni Shofi’iyga kim iltimos qilgan?
Abdulrahmon ibn Mahdiy
Shofi’iyning Misrga hijriy 199 yilda kelganidan so‘ng, u Fiqh va Hadis bo‘yicha to‘liq e’tibor berib, shu shaharda qancha yil yashagan?
5 yil
Imom Ahmadning shogirdlaridan boʻlib, Imomning fiqhiy qarashlarini keyingi avlodlarga yetkazishda muhim rol oʻynagan shaxs kim?
Bakr al-Marvaziy
Imom Ahmad u bilan o‘tirish yoki eshitishdan qattiq ogohlantirgan mo‘taziliy ulamolardan biri kim edi?
Bishr al-Marisiy
Ushbu baytlarni to'g'ri o'qib tarjima qiling!
شَكَوْتُ إِلَى وَكِيعٍ سُوءَ حِفْظِي
فَأَرْشَدَنِي إِلَى تَرْكِ الْمَعَاصِي
وَقَالَ اعْلَمْ بِأَنَّ الْعِلْمَ فَضْلٌ
وَفَضْلُ اللَّهِ لَا يُؤْتَاهُ عَاصِي
Ushbu baytlarning ma'nosi:
• "Vakiy'ga yomon yodlashimdan shikoyat qildim,"
• "Bas, u menga ma’siyatlarni tark etishga yo‘naltirdi."
• "Va aytdi: Bilgilki, ilm fazldir,"
• "Va Allohning fazli osiy (gunohkor) kishiga berilmas."
Demak, ushbu she’rga ko‘ra, ilm olish uchun tark etilishi shart bo‘lgan narsa ma’siyatlar hisoblanadi
Shofiiy shunday deydi: “Ilm ikki xildir: ..........................................”.
taqlid va istinbot (ya’ni mustaqil fatvo chiqarish). Taqlid - hukm olishda Qur’oni karimga, agar undan topilmasa sunnatga, agar undan ham topilmasa, solih olimlarning ko‘pchiligiga ergashishdir. Agar undan ham topilmasa, Qur’oni karim oyatlariga qiyos qilinadi. Undan ham topilmasa, ko‘pchilik salaflarning so‘zlariga qiyos qilinadi. Agar qiyos qilishda ixtilof qilishgacha borilsa, har kim o‘zicha ijtihod qiladi
Imom Ahmadning toʻgʻridan-toʻgʻri shogirdlari boʻlib, uning ilmini yetkazgan ikki oʻgʻlining ismi nima?
Solih va Abdulloh
Ma’munni "Qur’on maxluqdir" aqidasini joriy qilishga undagan, mo‘taziliylar peshvosi kim edi?
Bishr ibn G‘iyos al-Marisiy
Ahmad ibn Hanbal (r.h.) o‘z uslubiga tayangan holda hanbaliy mazhabiga asos soldi va uni rivojlantirishda qaysi maktabga tayandi?
Makkadagi Ibn Abbos huquqiy maktabiga
Shofiiy mazhabining manbalarini sanang!
1.Qur’oni karim.
2.Sunnati mutohhara.
3.Sahobalar qavllari.
4.Qiyos.
5.Ijtihod.
Shofiiylikda atamalar:
1.Imom (Shofiiyning o‘zi, ayrim hollarda Imom Juvayniy);
2.Qavl (Shofiiyning qarashi);
3.Nass (usulda Qu’ron va sunnat; furu’da Shofiiy iboralari);
4.As’hob (butun shofiiy fuqaholar, “as’hobush Shofiiy” tarzida esa faqat shogirdlar);
5.Taxrij (Mazhab imomi aytmagan masalani mazhab usuli doirasida hukm qilish.)
6.Vajh (mazhab mujtahidlarining Shofiiy usuliga muvofiq ijtihodlari);
7.Azhor-zohir (ikki yoki undan ko‘p qavllardan qanoat qilingani azhor, qolgani zohir);
Asoh-sahih (Kuchli dalilga tayangan ikki yoki undan ko‘p vajhdan qanoat qilingani asoh, qolgani sahih)
BONUS
+100
Hanbaliylarga binoan fiqh asoslari beshta. Ular qaysilar?
1.Qur’on va sunna matnlari.
2.Sahobalarning qarashlari.
3.Sahobalar qarashlari bo‘yicha ijtihod.
4. Mursal va zaif hadis.
5. Mutlaqo ilojsiz qolganda, qiyos bo‘yicha hukm chiqarish.