Kredit bu
talabaning bir fan bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘lchovchi birlik
Modul bu
bir fan yoki o‘quv kursining mantiqan yakunlangan bo‘limi
Baholash bu
bu talabaning o‘quv jarayonida egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini (BKM) aniqlash, ularning sifati va darajasini belgilash jarayonidir.
Test sinovi qanday baholash metodiga kiradi?
An’anaviy
Kredit tizimi baholashni qanday qiladi?
Ballar orqali
Kreditning asosiy vazifalari
1.Talabaning o‘quv yuklamasini hisobga olish;
2.O‘quv dasturlarini moslashtirish va boshqa oliygohlarda tan olingan tizim yaratish;
3.Talabalarga fanlarni tanlashda erkinlik berish;
4.Baholashni shaffof va natijaviy qilish;
5.Talabalarning o‘qishini boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish imkonini yaratish (kredit transferi).
Modulning maqsadi
•Talabani mustaqil o‘qishga yo‘naltirish;
•O‘quv jarayonini kichik bo‘limlarga ajratib, o‘zlashtirishni osonlashtirish;
•Amaliy yo‘nalishdagi ta’limni kuchaytirish;
•Moslashuvchan va individual o‘quv jarayonini yaratish.
Baholashning maqsadi
•Maqsad:
•o‘quv natijalarini aniqlash va tahlil qilish;
•ta’lim jarayonini takomillashtirish;
•talabani o‘z-o‘zini rivojlantirishga undash;
•adolatli reyting tizimini ta’minlash
O‘zaro baholash nimani anglatadi?
Talabalar bir-birini baholaydi
Kredit-modul tizimida minimal o‘tish bali qancha?
55
Kreditning ta’limdagi ahamiyati
•Talabaning mehnat yuklamasini o‘lchaydi;
•Fanning og‘irlik darajasini aniqlaydi;
•Talabaning o‘quv rejasini tuzishda asos bo‘ladi;
•Diplomda ko‘rsatiladigan umumiy kredit miqdorini belgilaydi (masalan, bakalavr – 240 kredit, magistr – 120 kredit).
Modul asosida o‘qitish xususiyatlari
•Modul tizimida dars jarayoni an’anaviy usuldan farqli o‘laroq:
•Tizimli va bosqichma-bosqich tashkil etiladi;
•Har bir modul o‘z natijaviy maqsadiga ega;
•Talaba o‘qish jarayonida faol ishtirok etadi;
Baholash har bir modul yakunida amalga oshiriladi
Baholashning asosiy shakllari
Joriy (oraliq) nazorat
Yakuniy nazorat
Elektron baholash (e-assessment) qanday amalga oshiriladi?
Kompyuter va onlayn platformalar orqali
Kredit-modul tizimi qaysi yo‘nalishda muhim ahamiyatga ega?
Xalqaro ta’lim tizimiga integratsiyada
Tizimning asosiy maqsadi
Kredit-modul tizimining joriy etilishidan asosiy maqsad — talabalarning mustaqil ta’lim olishini rag‘batlantirish, o‘quv jarayonini shaffoflashtirish hamda ta’lim sifatini xalqaro standartlarga yaqinlashtirishdir
Modulda baholash tizimi
•Modul asosida o‘qitishda baholash uch bosqichda amalga oshiriladi:
1.Joriy nazorat – har bir mashg‘ulotda talabaning faoliyatini baholash;
2.Oraliq (modul) nazorat – modul yakunida o‘tkaziladigan nazorat;
3.Yakuniy baholash – butun fan bo‘yicha umumiy natijani belgilash.
Baholash reyting tizimi asosida (100 ballik) olib boriladi
Joriy (oraliq) nazorat o`z ichiga nimalarni oladi
•Talabaning fan bo‘yicha muntazam o‘zlashtirishini nazorat qiladi.
Shakllari:
•og‘zaki so‘rov,
•test sinovlari,
•yozma ishlar,
•amaliy mashg‘ulotdagi topshiriqlar,
•laboratoriya ishlari,
•mustaqil ishlar va loyihalar.
Reyting tizimi nimaga xizmat qiladi?
Talabalarning faolligini ball asosida aniqlashga
Kredit tizimi asosan qaysi tizimga asoslanadi?
ECTS (Yevropa kredit tizimi)
Baholash shakllari
Baholash ikki asosiy qismdan iborat bo‘ladi:
1.Joriy (oraliq) nazorat — semestr davomida o‘tkaziladi:
1.laboratoriya, amaliy, seminar mashg‘ulotlari,
2.mustaqil ishlar, topshiriqlar, testlar,
3.prezentatsiyalar, loyiha ishlari va h.k.
2.Yakuniy (modul) nazorat — semestr oxirida fan bo‘yicha umumlashtirilgan bilimni baholaydi.
yozma yoki test imtihoni shaklida o‘tkaziladi
Modul asosida o‘qitishning afzalliklari
•Talabalarda mustaqil fikrlash va o‘rganish ko‘nikmasini rivojlantiradi;
•Ta’lim jarayonini shaffof va baholashni aniq qiladi;
•O‘qituvchi uchun darsni rejalashtirish va natijani tahlil qilishni yengillashtiradi;
Talabaning individual o‘zlashtirish tezligini hisobga olish imkonini beradi
Yakuniy nazorat o`z ichiga nimalarni
•Semestr yoki kurs oxirida o‘tkazilib, fanning umumiy o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi.
Shakllari:
•test imtihoni,
•yozma (nazorat) ishi,
•og‘zaki imtihon,
amaliy yoki ijodiy loyiha himoyasi
Yozma ishlar baholashning qaysi turiga kiradi?
An’anaviy
Kredit nimalarni o‘lchaydi?
Talabaning o‘quv yuklamasi, bilim, ko‘nikma va malakasini