Ot so'z turkumining so'roqlarini ayting
Kim?, nima? , qayer?
Sifat so'z turkumi qoidasini ayting .
Shaxs va narslarning belgilarini qanday aytilgan? qanaqa? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar sifat deyiladi.
Son deb nimaga aytiladi?
Shaxs va narsalarning sanog'ini bildirib nechta? , qancha? so'roqlariga javob bo'lgan sozlar son deyiladi.
Fe'l deb nimaga aytiladi?
Shaxs va narsalarning harakatini bildirib nima qildi?, nima qiladi?, nima qilyapti? so'roqlariga javob bo'gan so'zlar fe'l deyiladi
Otlarning ko'plik shakli bormi? Qanday yasaladi
Ha bor . Ko'plik shakli -lar qo'shimchasi bilan yasaladi
Sifatlar gapda qaysi so'z turkumiga bog'lanadi?
so'z birikma misol keltiring.
Sifat gapda otga bog'lanadi.
qizil olma
Sanoq sonlarga -inchi qo'shimchasi qo'shilib qanday son hosil bo'ladi?
Tartib sonlar
Yaqin ma'noli fe'llarga misol keltiring.
ishladi, mehnat qildi, ter to'kdi.
Ot so'z turkumi qaysi so'z turkumiga bog'lanadi?
Fe'l so'z turkumiga
Sifatlarning ma'no turlarini sanang
Rang, maza, hajm, shakl va xil-xususiyat
Tartib son deb nimaga aytiladi?
Narsalarning ketma-ket tartibini bildirgan sonlar tartib son deyiladi.
Meva sabzavotlar inson uchun juda muhim ozuqa ...
Nuqtalar o'rniga kerakli fe'lni toping,
hisoblanadi.
Shaxs ma'nosini bildirgan ot yasovchi qo'shimchalarni sanang
-chi, -kor , -dosh
Sifat yasovchi qo'shimchalarni sanang
-li , -siz, -dor ,be-, ser- ba-
XXIV ushbu rim raqamini arab raqamiga aylantiring
24
Fe'l so'z turkumi gapda qanday vazifani bajaradi va tagiga qanday chiziq chiziladi.
Fe'l gapda bosh bo'lak ya'ni kesim vazifasini bajaradi va tagiga ikki to'g'ri chiziq chiziladi.
Olar gapda qaysi bo'lak bo'lib keladi va tagiga qanday chiziq chiziladi?
Gapda bosh bo'lak ya'ni ega bo'lib keladi, tagiga to'g'ri chiziq chiziladi.
Sifatlar qanday yoziladi?
3 xil yoziladi: 1.Chiziqcha bilan 2.Qo'shib 3.Ajratib
Sonlar yozuvda necha xil ifodalanadi.
3 xil ifodalanadi. 1.Harfiy ifoda 2.Arab raqamlari 3.Rim raqamlari
Bo'lishli va bo'lishsiz fe'llar haqida ma'lumot bering
Harakatni bajarilganini bildirgan fe'llar bo'lishli fe'llar, harakatni bajarilmaganini bildirgan fe'llar bo'lishsiz fe'l deyiladi. Bo'lishli fe'lga -ma qo'shimchasini qo'shish bilan bo'lishsiz fe'l hosil qilinadi.