Yusuf Xos Hojib "Qutadg'u bilig " asarini qachon va qancha vaqt davomida yozgan?
1069-1070 yillar , 18 oy davomida
Ahmad Yugnakiy nechinchi asrlarda yashagan?
XII asr oxiri - XIII asrning birinchi yarmi
Ahmad Yassaviy kimdan tahsil oladi?
Yusuf Hamadoniy
Pahlavon Mahmud sharqda qanday taxallus bilan tanilgan?
Puryoyvaliy
Alisher Navoiyni turk dunyosi nima deb ulug'laydi ?
"Shamsul millat " deb
Yusuf Xos Hojib tug'ilgan Quz O'rdu shahrini arg'un lahchasida Quz ulus , o'g'uz lahchasida esa Quz O'rdu deb yuritilishi haqidagi ma'lumot qaysi asarda yozib o'tilgan ?
Mahmud Koshg'ariy "Devoni lug'ot at-turk"
Yugnak shahrining qadimiy nomi ?
Sig'noq
Kim o'z asarida Ahmad Yassaviyni " Turkiston mulkining shayx ul - mashoyixidur " deb ta'riflaydi?
Alisher Navoiy "Nasoyim ul-Muhabbat"asarida
Pahlavon Mahmud qachon va qayerda tug'ilgan?
1247-yilda Xiva yaqinidagi po'stindo'z oilasida
Alisher Navoiy kimdan aruz bo'yicha ta'lim olgan ?
Darvesh Mansurdan
"Qutadg'u bilig" asarining Vena nusxasi qachon va qayerda ko'chirilgan?
Milodiy 1439-yil Hirotda , uyg'ur yozuvi bilan ko'chirilgan
"Hibat ul-haqoyiq " asarining ikkinchi bo'limi nima haqida ?
Tilni tiyish va odob-axloq haqida
Kim Ahmad Yassaviy dafn etilgan joyga muhtasham maqbara qurdirgan?
Amir Temur
Pahlavon Mahmud fors tilida yozgan masnaviy va ko'plab ruboiylar , so'fiyona g'oyalarni bayon etgan asarini nomi ?
"Kanz ul-haqoyiq"
Alisher Navoiy qurdirgan madrasalar nomini ayting.
Ixlosiya , Nizomiya , Xusraviya
Yusuf Xos Hojib o'z asarlarida tilni nima deb ataydi va ilmni nimaga qiyoslaydi ?
Tilni "bilim va aql-idrok tarjimoni" deb ataydi , ilmni insonlar yo'lini yorituvchi mash'alga qiyoslaydi .
Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyiq" asarini ko'chirtirgan hukmdor kim ?
Arslon Xo'ja Tarxon
Ahmad Yassaviy hikmatlarida nimalar qoralangan ?
Jaholat va nodonlik
Pahlavon Mahmud dafn etilgan joyni kim ziyoratgohga aylantirgan ?
Muhammad Rahimxon II (Feruz)
Alisher Navoiyning Abdurahmon Jomiyga bag'ishlangan asarining nomi.
"Xamsat ul-mutahayyirin"
"Qutadg'u bilig" asaridagi yetakchi qahramonlarni sanang va ular nimalarni ramzi hisoblangan ?
Kuntug'di (adolat ramzi ), Oyto'ldi ( baxt va davlat ramzi), O'g'dulmish ( aql va zakovat ramzi), O'zg'urmish ( qanoat, sog'lomlik ramzi )
Asarda "Bir kishida ikki narsa bo'lsa , u kishiga muruvvat yo'li yopiladi " deyilgan . Bu ikki narsa nima?
1.Behuda so'zlar bilan vaysasa
2. So'zlar yolg'on bo'lsa
Ahmad Yassaviy she'rlarida uchraydigan xalq og'zaki ijodi bilan bog'liq holda yuzaga kelgan timsollarni sanang?
O'q ,yo'l , rabot , karvon
"Puryoyvaliy" taxallusi haqidagi fikrlar qaysi asarda bayon etilgan?
"G'iyos ul-lug'atda"
Alisher Navoiy g'azalnavislikda kimlarni ustoz deb bilgan?
Xusrav Dehlaviy , Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy