Bir mashhur rassom o‘z asarida osmonni, yulduzlarni va kichik qishloqni tasvirlagan. Qizig‘i, u bu asarni ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan paytida yaratgan. Bu mashhur asarning nomini ayting.
(The Starry Night), Vinsent van Gog.
The Lion King filmida Simbaning otasi kim?
Musafa
1919-yilda Germaniya va Birinchi jahon urushida g‘olib bo‘lgan davlatlar o‘rtasida imzolangan tinchlik shartnomasining nomi nima?
Versal shartnomasi
“Kichkina shahzoda” o’z sayyorasida qaysi gulni parvarish qiladi?
Atirgul
Qaysi davlatda dunyodagi eng kichik mustaqil davlat joylashgan?
Italiya davlatida
Bir davlatning bayrog‘ida ajdarho tasvirlangan. Bu ajdarho shunchaki afsonaviy mavjudot emas, balki mamlakat madaniyatida baxt, farovonlik va himoya ramzi hisoblanadi. Bu qaysi davlat?
Butan
The Godfather filmida Michal Corleone rolini kim ijro etgan?
Al Pacino
1324-yilda Makkaga haj safariga borib, yo‘li davomida shunchalik ko‘p oltin tarqatganki, ayrim hududlarda oltinning qiymatiga ta’sir ko‘rsatgan Mali imperatori kim edi?
Mansa Muso.
Graf Monte-Kristo romanida bosh qahramonning asl ismi nima?
Edmont Dantes
Perudagi mashhur inklar shahri qanday nomlanadi?
Machu Pikchu
Bir mamlakat nomi «past yerlar» ma’nosini anglatadi. Mamlakat hududining katta qismi dengiz sathiga yaqin yoki undan pastda joylashgan. Bu qaysi mamlakat?
Niderlandiya
Doctor Strange filmida bosh qahramon oldin qaysi kasb egasi bo’lgan?
Nevro jarroh
1571-yilda Usmonli imperiyasi va Muqaddas Liga floti o‘rtasida bo‘lib o‘tgan, Usmonli dengiz kuchlariga jiddiy zarba berilgan mashhur dengiz jangi qanday nomlanadi?
Lepanto jangi.
Raskolnikov ismli talaba jinoyat sodir etadigan mashhur roman muallifi kim?
Dostoyevskiy
Meksikada joylashgan, mayyalar sivilizatsiyasiga tegishli mashhur qadimiy shahar qanday nomlanadi?
Chichen-Ica
RB Leypzig jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann 1987-yilda tug‘ilgan. Shu sababdan klubdagi Nagelsmanndan biroz kichik aksariyat futbolchilar uni SHUNDAY deb atashadi. Boshqa bir SHUNDAY esa kapitalizm va totalitarizmni yoqtirmaganini yaxshi bilamiz.
Diqqat savol: SHUNDAY o‘rnidagi javobni ikki so‘zda ayting?
Javob: Katta og‘a
Izoh: "1984" asarida Katta og‘a laqabli mustabid AQSH kapitalizimi hamda SSSR totalitarizmini fosh qilgani aytiladi. Nagelsmannni ham yoshi birozgina katta bo‘lgani uchun ayrim futbolchilar "Katta og‘a" deb chaqirishgan.
Tush ichidagi tush nazariyasi qaysi filmda namoyon bo’lgan?
Inception (Muqaddima)
1868-yilda Yaponiyada syogunat boshqaruvining tugashi va imperator hokimiyatining tiklanishi bilan bog‘liq siyosiy o‘zgarish qanday ataladi?
Meydzi restavratsiyasi
Kapitan Axab ulkan oq kitni ovlashga intiladigan mashhur romanning nomi nima?
Mobi Dik
Dunyodagi eng uzun davlat qaysi?
Chili
Britaniyalik olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, soʻngi besh yil ichida ovqatlanish ratsionida spirtli ichimliklar va keraksiz oziq-ovqatlar koʻpayganligi tufayli ayollardagi oʻrtacha IKS miqdori bittaga koʻpaygani aniqlandi. Amerikaliklar esa Ozodlik haykalidagi IKS 879 ga teng deb hisoblashadi.
Savol: IKSni ayting?
Oyoq o'lchami
2023-yilda suratga olingan atom bombasi yaratilishi haqidagi film rejissiyori kim?
Chritopher Nolan
XV asr oxiri — XVI asr boshlarida Ispaniyada musulmonlarga xristianlikni qabul qilish yoki mamlakatni tark etish talabi qo‘yildi. Xristianlikni qabul qilgan musulmonlar tarixda qanday nom bilan atalgan?
Moriskolar.
Aleksandr Dyumaning Uch mushketyor romanida mushketyorlar bilan birga sarguzashtlarga kirishadigan yosh gaskoniyalik qahramon kim?
D’Artanyan
Dunyodagi eng katta orol qaysi?
Grenlandiya