Muhim xarajatlar tahlili
Xarajatlarning hajmini tahlil qilish
Cheklovchi omillar
Narxlar bo'yicha qarorlar
Ishlab chiqarish yoki sotib olish va
boshqa qisqa muddatli qarorlar
100

1. Qaysi xarajat muhim (relevant) xarajat hisoblanadi?

A) Oldin to‘langan va qaytarib bo‘lmaydigan xarajat

B) Qarorga bog‘liq holda kelajakda yuz beradigan pul chiqimi

C) Moliyaviy hisobotda ko‘rsatilgan amortizatsiya

D) Allaqachon shartnoma bilan majbur qilib qo‘yilgan xarajat

B) Qarorga bog‘liq holda kelajakda yuz beradigan pul chiqimi

100

CVP tahlili asosan nimani o‘rganadi?

A) Umumiy xarajatlar va foyda o‘rtasidagi bog‘liqlikni
B) Savdo hajmi va foyda o‘rtasidagi bog‘liqlikni
C) Xarajatlar, savdo hajmi va foyda o‘rtasidagi bog‘liqlikni
D) Sotuv narxi va xarajatlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni

Xarajatlar, savdo hajmi va foyda o‘rtasidagi bog‘liqlikni

100

Cheklovchi omil ( bottleneck) tushunchasiga berilgan eng to‘g‘ri ta’rif


A) Mahsulot tannarxini oshirib yuboradigan asosiy xarajat elementi.

B) Tashkilot faoliyati va sotuv hajmini cheklab qo‘yadigan har qanday resurs yoki omil.

C) Faqatgina ishlab chiqarish jarayonida yetishmaydigan xomashyo turi.

D) Moliyaviy hisobotda ko‘rsatiladigan o‘zgarmas xarajatlar yig‘indisi.

Tashkilot faoliyati va sotuv hajmini cheklab qo‘yadigan har qanday resurs yoki omil.

100

“Yuqori narx bilan kirish” (price skimming) strategiyasi samarali bo‘lishi uchun quyidagi shartlardan qaysi biri bajarilishi kerak?

A) Mavjud mahsulotning nufuzini oshirish maqsadida uning narxi ataylab ko‘tarilgan holatda.

B) Mahsulotning bozordagi hayotiy sikli (life-cycle) uzoq muddatli bo‘lgan holatda.

C) Mahsulotning bozordagi hayotiy sikli (life-cycle) qisqa muddatli bo‘lgan holatda.

D) Mahsulotni yaratish va ishlab chiqish xarajatlari (development costs) juda past bo‘lgan holatda.

Mahsulotning bozordagi hayotiy sikli (life-cycle) qisqa muddatli bo‘lgan holatda.

100

 "Sotib olish yoki ishlab chiqarish" (Make or Buy) qarorini qabul qilishda, agar korxonada bo‘sh quvvatlar (spare capacity) mavjud bo‘lsa, qaysi xarajatlar tahlil qilinishi kerak?

A) Faqat umumiy o‘zgarmas xarajatlar.

B) Faqat o‘zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlari.

  • C) Faqat o‘tmishda qilingan (sunk) xarajatlar.
  • D) Faqat tushumning umumiy miqdori.

Faqat o‘zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlari.

200

Quyidagilardan qaysi biri qaror qabul qilishda hisobga olinmasligi kerak?

A) Maxsus buyurtma uchun qo‘shimcha xomashyo xarajati

B) Qaror natijasida ortadigan elektr energiyasi xarajati

C) Ishlab chiqarish uchun qo‘shimcha ishchi haqi

D) Qaror qabul qilinishidan oldin to‘langan tadqiqot xarajati

D) Qaror qabul qilinishidan oldin to‘langan tadqiqot xarajati

200

Zararsizlik nuqtasi qaysi holatni ifodalaydi?


A) Foyda maksimal bo‘lgan savdo hajmini
B) Jami daromad va jami xarajatlar teng bo‘lgan nuqtani
C) Doimiy xarajatlar qoplanadigan savdo hajmini
D) Davr bo’yicha eng past savdo hajmini

Jami daromad va jami xarajatlar teng bo‘lgan nuqtani

200

2. Quyidagilardan qaysi biri ko‘pincha cheklovchi omil bo‘lib xizmat qiladi?

A) Amortizatsiya xarajatlari
B) Buxgalteriya siyosati

C) Tarixiy xarajatlar
D) Xomashyo yetishmasligi

Xomashyo yetishmasligi

200

Narx diskriminatsiyasi strategiyasi samarali bo‘lishi uchun quyidagi shartlardan qaysi biri to‘g‘ri bo‘lishi shart?

    A) Har ikkala bozor segmentida mijozlarning xarid qobiliyati o‘xshash bo‘lishi kerak.

    B) Tovarlar bozor segmentlari o‘rtasida erkin harakatlana olmasligi kerak.

    C) Tovarlar bozor segmentlari o‘rtasida erkin harakatlana olishi kerak.

    D) Har bir bozordagi talab egri chiziqlari (demand curves) bir xil bo‘lishi kerak.

Tovarlar bozor segmentlari o‘rtasida erkin harakatlana olmasligi kerak

200
  • Tashqi yetkazib beruvchidan butlovchi qismlarni sotib olish (outsourcing) qarorining nomoliyaviy (qualitative) xatarlaridan biri nima?
  • A) Mahsulot sifatini nazorat qilish imkoniyatining yo‘qolishi.
  • B) Birlik o‘zgaruvchan xarajatning kamayishi.
  • C) O‘zgarmas xarajatlarning taqsimlanishining o‘zgarishi.
  • D) Marjinal foydaning oshishi.

Mahsulot sifatini nazorat qilish imkoniyatining yo‘qolishi.

300

3. Korxona bo‘sh turgan ishlab chiqarish quvvatidan foydalanib yangi mahsulot ishlab chiqarmoqchi. Qaysi xarajat muhim (relevant) xarajat hisoblanadi?

Yangi mahsulot uchun qo‘shimcha xomashyo xarajati

300
  • Xavfsizlik chegarasi nimani bildiradi?

Haqiqiy savdoning zararsizlik nuqtasidan oshgan qismi

300

Cheklovchi omil mavjud bo‘lgan holatda, ishlab chiqarish rejasini tuzishda doimiy xarajatlar qanday rol o‘ynaydi?

Qaror qabul qilishda hisobga olinmaydi

300

"QuickTranslate" nomli yangi mobil tarjima ilovasi bozorga chiqdi. Bu bozorda allaqachon bir nechta kuchli raqobatchilar mavjud. Ilova yaratuvchisi o‘z mahsulotini bozorda tez tanitish, katta foydalanuvchilar bazasini yig‘ish va shu orqali raqobatchilardan ustunlikka erishishni maqsad qilgan. Ushbu maqsadlarga erishish uchun qaysi narx belgilash strategiyasidan foydalanish eng to‘g‘ri hisoblanadi?

Penetratsiya narxi strategiyasi

300
  • "Yummy Pizza" kafesi pitsa xamirini o'zida tayyorlaydi. Bir dona xamir uchun xarajatlar quyidagicha:
  • Xomashyo: $1.50
  • Bevosita mehnat: $0.80
  • Umumiy o'zgarmas xarajatlar (ijara): $0.50
  • Tashqi yetkazib beruvchi tayyor xamirni $2.50 dan yetkazib berishni taklif qilmoqda. Agar kafe xamirni sotib olishga qaror qilsa, ijara xarajatlarini tejab qolishning iloji yo'q. Kompaniya qanday qaror qabul qilishi kerak va buning har bir dona mahsulotga moliyaviy ta'siri qanday?

O'zida ishlab chiqarish kerak, chunki bu $0.20 tejash imkonini beradi.

400

"imkoniyatli xarajat" (opportunity cost) tushunchasini eng aniq tavsifi

Muayyan harakat yo‘nalishi tanlanganda, voz kechilgan keyingi eng yaxshi muqobil variantdan olinishi mumkin bo‘lgan naqd pul oqimi.

400

yalpi foyda (contribution) ning to‘g‘ri ta’rifi nima

Savdo daromadi va o‘zgaruvchan xarajatlar o‘rtasidagi farq

400

Chiziqli dasturlash (Linear Programming) usuli qachon qo‘llaniladi?

Korxonada ikki yoki undan ortiq resurslar cheklangan bo‘lganda.

400

"KinoMax" kinoteatri narx siyosatida quyidagilarni qo‘llaydi:

Kattalar uchun chipta narxi – 3 $.

Maktab o‘quvchilari va talabalar uchun chipta narxi – 2 $

Hafta kunlari kunduzgi seanslar chiptasi kechki seanslarga qaraganda arzonroq.

Bu yondashuv qaysi narx belgilash strategiyasini anglatadi?

Narx diskriminatsiyasi

400
  • "Auto-Part" kompaniyasi bitta detalni ishlab chiqarish uchun quyidagi xarajatlarni amalga oshiradi (har bir dona uchun):
  • Material: $10
  • Elektr energiyasi (o'zgaruvchan): $2
  • Uskunaning amortizatsiyasi (o'zgarmas): $5
  • Tashqi hamkor ushbu detalni $11 dan yetkazib berishni taklif qildi. Agar detal tashqaridan sotib olinsa, ushbu uskuna boshqa maqsadlar uchun ishlatilmaydi va sotilmaydi (amortizatsiya baribir mavjud bo'ladi).
  • Ushbu detalni sotib olish (outsourcing) natijasida kompaniyaning foydasi qanday o'zgaradi?

Foyda har bir dona uchun $1 ga ko'payadi.

500

Korxona o‘ziga tegishli bo‘lgan bo‘sh binoda yangi ishlab chiqarish loyihasini boshlashni rejalashtirmoqda. Ushbu binoni tashqi ijarachiga oyiga $5,000 evaziga ijaraga berish imkoniyati mavjud. Loyiha tahlilida ushbu $5,000 summasi qanday baholanishi kerak?

Bu summa loyihaning umumiy xarajatlariga "Opportunity cost" (imkoniyatli xarajat) sifatida qo‘shiladi, chunki ijaradan kelishi mumkin bo‘lgan tushum yo‘qotiladi.

500
  • Quyidagilardan qaysi biri CVP tahlilining asosiy cheklovlaridan biri hisoblanadi?
  • A) Savdo narxlari o‘zgaruvchan bo‘lishi
    B) Xarajatlar aniq ajratilishi
    C) Savdo hajmining doimiy bo‘lishi
    D) Mahsulot sifati farqlanishi

A) Savdo narxlari o‘zgaruvchan bo‘lishi

500

Optimal ishlab chiqarish rejasini tuzishda birinchi navbatda qaysi mahsulot ishlab chiqariladi?

Cheklovchi omil birligiga nisbatan eng yuqori marjinal foyda keltiruvchi mahsulot.

500

Ko‘p yillar davomida bozorda faoliyat yuritib kelayotgan ikkita yirik avtomobil yonilg‘i shoxobchasi (AYOQSH) deyarli bir xil narx siyosatini olib boradi. Agar bir AYOQSH narxni 0.5 $ ga oshirsa, ikkinchisi ham xuddi shunday qiladi, va aksincha. Bu holatda qaysi narx belgilash strategiyasi qo‘llanilmoqda?

Raqobatga asoslangan narx belgilash

500

Agar korxona faoliyatini tashqi pudratchiga topshirish (outsourcing) haqida qaror qabul qilayotgan bo‘lsa, quyidagi omillardan qaysi biri qaror qabul qilishda eng muhim moliyaviy omil hisoblanadi?

  • A) Mahsulotning to‘liq tannarxi
    B) Oldindan sarflangan xarajatlar
    C) Tegishli va imkoniyatli xarajatlar
    D) Moliyaviy hisobotda ko‘rsatilgan xarajatlar

Tegishli va imkoniyatli xarajatlar


M
e
n
u