Model qurishdan oldin ma'lumotlarni o‘rganish va tushunish jarayoni nima deyiladi?
EDA — Exploratory Data Analysis
Ma'lumotlar ichida yozilmagan, bo‘sh qolgan qiymat nima deyiladi?
Missing Value / NaN
Mavjud ustunlardan yangi va foydali ustun yaratish jarayoni nima deyiladi?
Feature Engineering
Matnli/kategorik ma'lumotlarni model tushunadigan sonli ko‘rinishga o'tkazish jarayoni nima?
Encoding
Sonli ustunlarni bir-biriga taqqoslanadigan diapazonga keltirish jarayoni nima?
Scaling
Ma'lumotlar haqida o‘rtacha qiymat, standart og‘ish, minimum va maksimum kabi statistikalarni ko‘rsatadigan usul nima?
describe()
Boshqa qiymatlardan keskin farq qiladigan noodatiy qiymat nima deyiladi?
Outlier
SibSp va Parch ma'lumotlaridan yaratiladigan oilaga tegishli yangi feature nima?
family_size
Har bir kategoriyaga alohida son beradigan encoding usuli nima?
Label Encoding
Qiymatlarni 0 dan 1 gacha olib keladigan scaling usuli nima?
Min-Max Scaling
Kategoriyalarning necha marta uchraganini sanash uchun ishlatiladigan metod nima?
value_counts()
Q1 va Q3 orasidagi farq nima deb ataladi?
IQR — Interquartile Range
Insonning yolg‘iz yoki yolg‘iz emasligini ko‘rsatuvchi yangi feature qanday ataldi?
is_alone
Har bir kategoriya uchun alohida 0/1 ustun yaratadigan encoding usuli nima?
One-Hot Encoding
Quyidagi formula qaysi scaling usuliga tegishli?
x' = (x − min) / (max − min)
Min-Max Scaling
Ikki o‘zgaruvchi o‘rtasidagi bog‘lanishni tekshirishga yordam beradigan statistik tushuncha nima?
Korrelyatsiya
Outlierni aniqlash uchun ishlatiladigan ikkita statistik usulni ayting.
IQR va Z-score
Bir nechta mavjud ustunlardan yangi feature yaratish qanday jarayon?
Feature Engineering
Kategoriyalar orasida tabiiy tartib bo‘lsa, bunday ma'lumot turi nima deyiladi?
Ordinal
Quyidagi formula qaysi scaling usuliga tegishli?
x' = (x − mean) / std
Standard Scaling / Z-score
"Ikki o‘zgaruvchi o‘rtasida bog‘lanish bor" degani "birinchisi ikkinchisiga sabab bo‘ladi" degani emas. Bu qaysi muhim tushuncha?
Korrelyatsiya sababni anglatmaydi.
Muhim qoida: outlier har doim ham nima degani emas?
Xato
Matnli ustundan foydali ma'lumot ajratib olib, uni yangi feature sifatida ishlatish qanday feature engineering usuliga misol bo‘ladi?
Feature extraction — ma'lumotni mavjud ustundan ajratib olish.
Kategoriyalar orasida tabiiy tartib bo‘lmasa, bunday ma'lumot turi nima deyiladi?
Nominal
Qaysi scaling usulidan keyin ma'lumotlarning o‘rtachasi taxminan 0, standart og‘ishi esa 1 bo‘ladi?
Standard Scaling