Shunday bir tuyg’u borki u oyoqlarga qanot berishi ham, oyoqlarni yerga kishanlashi ham mumkin.
Savol: bu qaysi tuyg’u?
Qo’rquv
Ikki qo’shni bitta yertuladan foydalanishadi yertulani kulflash uchun xar birida aloxida kalit va aloxida kulf bor ular yertulani ikki mahalda qanday ochib yopishadi?
Ikkita osma qulufdan zanjir sifatida foydalanilgan
“Biz 100 ta emasmiz, bizga bizcha, bizning yarmimizcha, yarmimizni yarmicha keyin sen qo’shilsang 100 ta bo’lamiz” Osmondagi g’ozlar nechta?
Osmonda 36 ta g’oz bo’lgan. 36+36+18+9+1 =100
U kuniga 10 marta soqol oladi, lekin baribir soqolli yuradi. Qanday qilib?
U — sartarosh.
Qadimdan bizgacha yetib kelgan lotin aforizmiga koʻra – "Siz haqiqatni soʻzlasangiz, "X"ning keragi yoʻq!" Aforizmda keltirilgan "X" kim?
Guvohlar
Nima shunchalik mo'rtki, u tilga olinganda ham sinadi?
Jimlik, Skunat
2 ga 11 ni qo'shib natija 1 ga chiqadigan joy qayer?
Soat
Temir yo‘llarga, ko‘rib turganingizdek qirrali toshlar solinadi. Poyezd yurganida qattiq tebranish vaqtida bu toshlar muhim harakatni amalga oshiradi
Diqqat savol: Bu qirrali toshlarning vazifasi nima?
Ular poyezd yurishiga halaqit qiluvchi o‘tlarni kesib turadi. O‘tlarni qirrali toshlar tebranishi paytida kesib tashlaydi
Men bir son o’yladim. Uning yarmiga choragini qo’shsak, 18 hosil bo’ladi: savol men qanday son o’yladim?
24
Shunday ikki son topingki, ularning ko’paytmasi 28 bo’lib, yig'indisi 11 ga teng bo'lsin.
Bu qanday sonlar?
4 bilan 7
7-qavatli uyni 3-qavatida 4 kishi, 5-qavatida 3 karra ko’p, 6-qavatida esa 5 -qavatga nisbatan 2 marta ko’p, 7-qavatda barcha qavatdagi odamlarning yarmicha odam yashaydi liftning eng ko’p bosiladigan raqami qaysi?
1-raqam
Shimoliy Amerika hindulari uchun u uy, idish-tovoq, qurol, oziq-ovqat, kiyim-kechak vazifani o’tagan
Diqqat savol: U nima?
Bizon

Bu firma onlayn savdo boʻyicha dunyoda eng ilgʻorlaridan biri. Karantin vaqtida rosa daromadini ko'tardi
Diqqat savol: Mazkur firmaning logotipidagi sariq chiziq nimani bildiradi?
A dan Z gacha hamma narsa bor degan ma'noda
Yoshligimda bo'yim baland, qariganimda past bo'laman.
Men nimaman?
Sham ( yongan sayin erib kichrayadi)
Dunyoda bir jinoyat turi borki, bu jinoyatni qilishingizdan oldin qo‘lga tushsangiz jazoga tortilasiz, agar bu jinoyatni qilib qo’lga tushsangiz jazolanmaysiz. Savol: bu qaysi jinoyat turi ekanligini aniq ayting?
O'z joniga qast qilish
Kichkina, koʻrimsiz narsa nomidan yozilgan monolog:
"Mening holimga qilmangiz havas,
Boshim yerga qaraganu, oyogʻim oyogʻga.
Taqdirim qursin – na kunduz, na tongda
Yorugʻlik koʻrmasdan oʻtib ketaman“
Ushbu monolog nima nomidan aytilgan?
Oyoq kiyim poshnasiga qoqilgan mix
O'tkir Hoshimovning Ikki eshik orasi romanida: "Rost bilan yolg'onning o'rtasi-to'rt enlik" deyilgan hikmatli gap bor. Savol nima uchun aynan to'rt enlik?
Ko'z bilan quloq orasi aynan 4 enlik
Siz hech qachon ko'rmaysiz, lekin doimo sizning oldingizda nima?
Kelajak
Shifokorlarning ta’kidlashlaricha, ushbu soha vakillari chap quloqlarining yaxshi eshitmasligidan ko’p shikoyat qilishadi. Ushbu soha vakillarini toping?
Skripkachilar